Bugun bo‘lib o‘tadigan 2 bellashuv bilan Superliga 1-turiga yakun yasaladi

Bugun O‘zbekiston Superligasi 1-turidan o‘rin olgan so‘nggi 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tadi. Ularning birida «Surxon» o‘z maydonida «Metallurg»ni qabul qiladi. Navoiyda «Qizilqum» «Andijon»ni sinovdan o‘tkazadi.  Termizdagi bahs soat 16:15 da boshlanishi ko‘zda tutilgan. «Qizilqum» – «Andijon» qarama-qarshiligi esa 18:30 da start oladi. 39

16 yil oldingi hodisa yana takrorlanmoqda!

Krishtianu Ronaldu («Yuventus») va Lionel Messining («Barselona») jamoalari Chempionlar ligasining chorak finaliga chiqa olmadi. E’tiborlisi, 2004/05 yilgi mavsumdan buyon ilk bor na Messi, na Ronaldu EChL 1/4 finaliga chiqa olmadi. Bundan 16 yil muqaddam Messi to‘p suradigan «Barselona» 1/8 finalda «Chelsi»ga, Ronaldu o‘ynagan «Manchester Yunayted» esa «Milan»ga imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi. Ammo keyinchalik Messi va Ronaldu jami hisobda 9 marta Chempionlar ligasida g‘olib chiqdi. 20

«Barsa» murabbiyi mag’lubiyatdan so’ng Messining kelajagi haqida fikr bildirdi

Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan 4 uchrashuv o‘z yakuniga etdi. Ulardan birida PSJ «Barselona»ni ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 5:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Javob bahsidan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida «ko‘k-anorranglilar» ustozi Ronald Kuman quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi: «PSJga qarshi bahsdan keyingi hissiyotlarimiz yomon emas. Ha, biz turnirni tark etdik va bundan juda afsusdamiz. Ammo «Barselona» javob uchrashuvida ularga qiyinchilik tug‘dirdi. Birinchi bo‘limda ajoyib o‘yin namoyish etdik hamda tanaffusga 2:1 hisobida yo‘l olishga loyiq edik. Agar shunday bo‘lganida, hammasi boshqacha bo‘lishi mumkin edi. Biz tavakkal…

Navoiyda O’zbekiston chempionati boshlandi, ishtirokchilar orasida Milliy gvardiya jamoasi ham bor

Navoiy Olimpiya zaxiralari kollejida bo’lib o’tayotgan bahslarda bir qator yangi jamoalar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Toshkent davlat transport universitetining “Transportchilar” jamoalari musobaqada debyut qilishyapti. Biroq, so’nggi yillarda mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biriga aylangan, xususan OTMK, “O’ztelekom” kabi nomdor klublarimizga munosib raqobat taqdim etayotgan “Orient” jamoasining bu yilgi chempionatda ishtirok etmayotgani ko’ngilni xira qiladi. 29-bor o’tkazilayotgan mamlakat chempionatida quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda: “Jizzax davlat pedagogika instituti-Ziyokor” (Jizzax), Qo’qon davlat pedagogika instituti (Qo’qon), Qoraqalpog’iston Respublikasi (Nukus), Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati (Olmaliq), “Navoiy davlat pedagogika instituti-Olimp” (Navoiy), Mudofaa…

BAA chempionati. Hamdamov jamoasi liga peshqadamiga qarshi maydonga tushadi, Shukurov harakat qilayotgan «Sharja»ning ochko yo‘qotishga haqqi yo‘q

Bugun Birlashgan Arab Amirliklari birinchi divizionida 20-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda o‘zbek futbol ixlosmandlarining e’tiborini o‘ziga qaratishi mumkin bo‘lgan bir nechta bahslar bor.  Jumladan, Doston Hamdamov harakat qilayotgan «Xatta» klubi o‘z uyida liga karvonboshisi «Al-Jazira»ni qabul qiladi. Otabek Shukurov to‘p tepayotgan «Sharja» «Xaur Fakkan»ni sinovdan o‘tkazadi.  «Xatta» ishtirokidagi bellashuv 18:45 da boshlanadi. Shukurov jamoasining o‘yini esa Toshkent vaqti bilan 21:15 da start olishi rejalashtirilgan. 39

Yevgeniy Popixin: Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik (video)

Kecha Petrov kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan «Zvezda» va «Humo» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda toshkentliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdan so‘ng «qanotlilar» ustozi Yevgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik. Yaxshi gollar kiritdik va shuning evaziga g‘alaba qozondik. Bugun g‘alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Yigitlar ajoyib harakat qilishdi. O‘yinning oxirida albatta, og‘ir vaziyatlar yuzaga keldi. Kichik jarima olingan vaqtda raqib olti xokkeychi bilan harakatlandi. Shunga qaramay, biz himoyada turib bera oldik va g‘alaba qozondik«, – dedi Popixin. 37

“Real” nishonida uch yulduz!

“Real”ning markaziy himoyachisi Rafael Varan yozda klubni tark etishini oldindan ma’lum qilgan edi. Madridliklar uning o‘rnini bosa oladigan futbolchi olish maqsadida taklif etiladigan himoyachilar ro‘yxatini tuzdi. Unga Zinedin Zidanga o‘yini ma’qul kelayotgan  David Alaba, Jyul Kunde va Pau Torres kiritilgan. Bu himoyachilar o‘z jamoasida etakchilardan hisoblanadi. 23

Asaka shahri kikboksing bo’yicha O’zbekiston chempionatiga mezbonlik qildi

Andijon viloyatining Asaka shahrida kikboksing bo’yicha 2001-2007 yillarda tug’ilgan o’smirlar va yoshlar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. Mazkur birinchilikda mamlakatimizning 12 ta hududidan 400 nafardan ziyod yosh sportchilar qatnashishdi Faqat Qoraqalpog’iston Respublikasi va Xorazm viloyati yosh kikboksingchilari musobaqani o’tkazib yuborishdi Musobaqaning ochilish marosimi 6 noyabr kuni soat 11:00 da bo’lib o’tdi 62

“Barselona” superyulduzga rasmiy taklif yubordi

“Barselona” boshqaruvini qabul qilib olgan Joan Laporta tarkibni kuchaytirishni boshladi. Yangi prezident tashabbusi bilan klub mutasaddilari “Manchester Siti” hujumchisi Serxio  Agueroga shaxsiy shartnoma bo‘yicha rasmiy taklif yubordi Joan Laporta argentinalik hujumchini olib kelish orqali Lionel Messini “Barselona”da qolishga ko‘ndirmoqchi. “Manchester Siti” keyingi paytda ko‘p jarohat olayotgan futbolchiga yangi bitim taklif qilmaydigan bo‘lgan. Aguero yozda har qanday klubga erkin agent sifatida yo‘l olishi mumkin. Argentinalik hujumchi “Barselona” rahbariyatidan jamoaga kelishi uchun ma’lum miqdorda bonus talab qilyapti. 26

/* если пусто описание ничего не выводим */