Ronalduni keyingi manzili qayer?

“Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu yozda klubni tark etishi rostga o‘xshaydi. Turinliklar Evropa Chempionlar ligasida ketma-ket ikkinchi marta muvaffaqiyatsizlikka uchraganidan keyin, klub rahbariyati xizmatlari ancha qimmatga tushayotgan Ronalduni sotib yuborishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shundan so‘ng, portugaliyalik yulduzni o‘z tarkibiga qo‘shib olishni istagan jamoalar harakatga tushib qoldi. Da’vogar orasida “Inter Mayami”,  “Sporting”, “Real” kabi klublar nomi aytildi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Krishtianuning o‘ziga “Real”ga qaytish varianti ma’qul kelayotgan ekan. Chunki mashhur to‘purar faoliyatini yakunlashdan oldin yana bir bor Evropa Chempionlar ligasi sovrinini qo‘lga kiritishni rejalashtirgan. U bu maqsadiga “Real” bilan birga…

Sobiq “paxtakorchi” “Spartak”ning kamchiligini aytdi

“Paxtakor”dagi o‘yinlari orqali tanilgan va keyinchalik Rossiya futbolida etakchilardan biriga aylangan Andrey Pyatnitskiy  hozirgi “Spartak”ning bosh murabbiy borasidagi kamchiligini aytib o‘tdi. – Aslida “Spartak”da futbolchilar bilan bir tilda so‘zlashadigan rossiyalik mutaxassis bosh murabbiy bo‘lishi kerak. Men futbolchilar bir ketman, bir qolaman, deydigan Tedeskoni qanday qabul qilishayotganini tushunmayman. Menimcha, bu holat yaxshilikka olib kelmaydi. Vaziyatni o‘nglash uchun etarlicha, ya’ni, ikki oy vaqt bor edi. Masala nega hal etilmadi. Buni faqat klub rahbarlari biladi. “Spartak” futbolchilarining shu holatda ham yuqori o‘rinlarni ko‘zlab, borini berib o‘ynayotganini alohida e’tirof etish kerak, – dedi Andrey Pyatnitskiy. Vaziyatni…

Rasman! No‘’mon Hasanov va Drajen Dukich iste’foga chiqishdi

Kecha Viktor Jalilov “Navbahor”ga bosh murabbiy etib tayinlangandi. Klub matbuot xizmati No‘’mon Hasanov bilan Drajen Dukichning rasman iste’foga chiqarilganini ma’lum qildi. Jumladan, klub matbuot xizmati bu borada shunday yozadi: No‘’mon Hasanov “Navbahor” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarildi. Hasanov jamoamizda o‘tgan yilning avgustidan yordamchi – murabbiy sifatida ish boshlab, Andrey Kanchelskis iste’foga chiqarilganidan so‘ng, Superliganing 19-turidan bosh murabbiy lavozimida ish boshlagandi.     No‘’mon Hasanovning qo‘l ostida jamoamiz Coca Cola Superliga bahslarida 10 ta o‘yin o‘tkazib (2020 yilning 14-turidan o‘rin olgan “Paxtakor”ga qarshi kechgan bahsda ham jamoani maydonga Hasanov olib tushgandi), 3 ta uchrashuvda…

«Metallurg» so‘nggi pallada «Nasaf»dan ketgan futbolchi bilan shartnoma tuzdi

Kecha O‘zbekistonda qishki transfer oynasi rasman yopildi. So‘nggi pallada “Metallurg” klubi tajribali yarim himoyachi Dilshod Rahmatullaevni qo‘shib oldi. Yaqinda “Nasaf”dan ketgani e’lon qilingach, futbolchi ma’lum vaqt jamoasiz yurdi. Albatta, bu payt davomida sports.uz muxbiri Rahmatullaev bilan bog‘lanib keyingi rejalari bilan qiziqib ko‘rgandi. Biroq Dilshod tayinli bir javob aytmagandi. Faqat “Nasaf”dan ketganini tasdiqlagandi xolos. Nihoyat, transfer oynasi yopilishiga bir necha soat qolganida futbolchi “Metallurg”ning taklifini qabul qilib, shartnomaga qo‘l qo‘ydi. Eslatib o‘tamiz, birinchi turda “Surxon”ga mag‘lubiyatga uchragan “Metallurg” ikkinchi turni 16 mart kuni o‘z maydonida “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi. 29

«Podadan oldin chang chiqarildi»: Meksikalik futbolchi «Andijon»ga kelmaydigan bo‘ldi

Bir necha kun oldin «Andijon» futbolchi klubi rasmiy sahifasi orqali jamoaga meksikalik futbolchi Marko Bueno kelishi haqida xabar bergan edi. Bilasiz, bugundan O‘zbekistonda qishki transfer oynasi yopildi. «Andijon» futbol klubiga kerakli hujjatlar o‘z vaqtida taqdim etilmaganligi sababli ushbu transfer amalga oshmay qoldi. Bu haqda «burgutlar»ning rasmiy «Telegram» kanali ma’lum qildi. Marko Bueno Meksika terma jamoasining turli yoshdagi terma jamoalarida to‘p surgan. 2011 yilda Marko Bueno Meksika U-17 terma jamoasi bilan birgalikda jahon chempioniga aylangan.  38

Superliga. 2-turda ishlaydigan hakamlar e’lon qilindi

14–16 mart kunlari Coca Cola Superligasida 2-tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Tur doirasidan o‘rin olgan uchrashuvlarda quyidagi rasmiy shaxslar faoliyat olib boradi. Coca Cola Superliga. 2-tur 14 mart, yakshanba LOKOMOTIV – NAVBAHOR Hakamlar: Zokir Qodirov, Abduhamidullo Rasulov, Olim Abduvosilov, Farruh Yansupov Nazoratchi: Bobur Haydarov VAR hakami: Firdavs Norsafarov VAR assistentlari: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Edita Mirabidova VAR nazoratchisi: Farhod Abdullayev Operator: Sh. Janaliev Komissar: Laziz Qo‘chqorov SO‘G‘DIYoNA – TURON Hakamlar: Viktor Serazitdinov, Anvar Marajabov, Ziyodulla Abdurahmonov, Asker Najafaliev Nazoratchi: Rashid Aytekov Komissar: Aleksandr Davidenko NASAF – AGMK Hakamlar: Axrol Risqullaev, Rishat Nugmanov, Doniyor Saylavov, Rustam Choriev Nazoratchi: Dmitriy Roman Komissar: Jahongir Rahmatullaev 15 mart, dushanba QO‘QON-1912 – QIZILQUM Hakamlar: Rahimbek Karimov,…

Superliga. 2-turning qaysi o‘yinida VAR tizimidan foydaliniladi?

14 mart, yakshanba kuni Coca-Cola Superliganing 2-tur bahslari start oladi. Bilasiz, joriy yildan e’tiboran milliy chempionatimiz uchrashuvlarida VAR tizimidan foydalanilmoqda. Jumladan, Coca-Cola Superliga 2-turi doirasidan o‘rin olgan “Lokomotiv” – “Navbahor” o‘yinida Video Assistant Referee tizimi ishlaydi. Bu haqda O‘zbekiston professional futbol ligasi rasmiy sayti xabar tarqatdi. Ta’kidlash joiz, mazkur bahs 14 mart kuni Toshkentdagi “Lokomotiv” o‘yingohida bo‘lib o‘tadi va soat 16:15 da start oladi. 32

«Badiiy gimnastika»: Sabinada oltin, Fetisovada esa ikkinchi o’rin

Namangan viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli Gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o’smirlar sport maktabida 2005 yil va undan kattalar o’rtasida o’tkazilgan O’zbekiston chempionati o’z yakuniga etdi. Murosasiz o’tgan musobaqaning ko’pkurash yo’nalishida g’oliblik Toshkent shahri sharafini himoya qilgan Sabina Toshkenboevaga nasib etdi. Farg’onalik Ekaterina Fetisova 2-o’rinni qo’lga kiritgan bo’lsa, sovrindorlar ro’yxatini Samarqand viloyati vakilasi Taxmina Ikromova yakunlab berdi. Sport ustalari o’rtasida o’tkazilgan jamoaviy ko’pkurash bahslarida esa O’zbekiston terma jamoasi g’oliblikni qo’lga kiritdi. Jamoa tarkibidan Nilufar SHomurodova, Kamola Irnazarova, Dinara Ravshanbekova, Kseniya Aleksandrova, Sevara Safoeva hamda SHahzoda Ibragimovalar o’rin olishgan. Ushbu yo’nalishda 2-o’rin…

Toni Fergyusonning raqibi malum bo’ldi, jang sanasi ham

Engil vazn toifasida sobiq vaqtinchalik UFC chempioni Toni Fergyusonning navbatdagi jangi qachon va kimga qarshi o’tkazilishi malum bo’ldi. Amerikalik yakkakurash ustasi 15 may kuni UFC 262 turniri doirasida Beneyl Dariushga qarshi oktagonga ko’tarildi. Tomonlan og’zaki kelishuvga erishishdi. Tez orada rasman jang shartnomasiga imzo chekiladi. Bu Fergyuson uchun ketma-ket ikki mag’lubiyatdan keyingi ilk jang bo’ladi. U o’tgan yilning may oyida Jastin Getjiga texnik nokaut, dekabrda esa CHarlz Oliveyraga ochkolar hisobiga ko’ra imkoniyatni boy berib qo’ygandi. Ayni paytda Toni reytingning beshinchi pog’onasidan joy olgan. Beneyl Dariush asli kelib chiqishi eronlik bo’lib, joriy…

Kattalar o’rtasida Osiyo chempionati may oyida Hindistonda tashkil etiladi

Hindistonning Nyu-Deli shahri boks bo’yicha kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi. Bellashuvlar 21-31 may kunlari o’tkaziladi.  Eslatib o’tamiz, bungacha kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionati 2019 yilning aprel oyida Tailandning Bangkok shahrida o’tkazilgandi.  Unda O’zbekiston erkaklar terma jamoasi 4 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medallarini qo’lga kiritgan holda, umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallagandi.  O’zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati 74

/* если пусто описание ничего не выводим */