Baxtiyor Ashurmatov: «Qo’qon-1912″ni muxlislar istagandek jamoaga aylantirmagunimcha, bu erdan ketmayman»

Bugun Superliganing ikkinchi turidan o’rin olgan navbatdagi uchrashuvlar o’tkazildi. «Qo’qon-1912» jamoasi o’z maydonida «Qizilqum» bilan nursiz durang (0:0) qayd etdi. Mazkur bahsdan so’ng mezbonlar ustozi Baxtiyor Ashurmatov fikrlari bilan o’rtoqlashdi.  «Qizilqum» bu mavsum har yilgidanda tajribaliroq futbolchilarni yig’gan holda shakllanmoqda. Ularning «Andijon»ga qarshi o’yinini ham ko’rib, kuzatib chiqdik. Tarkibida yaxshi saviyadagi futbolchilar bor. Jumladan, Islom To’xtaxo’jaev, Erkin Baydullaev, Elguja Grigalashvili singari to’pni o’zida yaxshi nazorat qila oladigan ijrochilar bilan safini boyitgandi. Buni o’yindan oldin ham yigitlarga aytib o’tgandim. Qaysidir jihatlarda o’ylagan rejalarimiz amalga oshmadi. Himoyadan hujumga o’tishda to’p yo’qotishlar ko’p…

APLning 2010-2011 yilgi mavsumida kim to’purar bo’lgan?

Angliya chempionatining 2010-2011 yilgi mavsumida «Manchester Yunayted» jamoasi zafar quchgan edi. Kuchli uchlikdan «CHelsi» va «Manchester Siti» jamoalari o’rin olishgan. Quyida o’sha mavsumning to’purarlari ro’yxati bilan tanishing. O’yinchi jamoasi gollari Dimitar Berbatov MYU 20 Karlos Teves Man Siti 20 van Persi Arsenal 18 Odemvingie Vest Bromvich 15 Floran Maluda CHelsi 13 Dirk Kyoyt Liverpul 13 van der Vart Tottenxem 13 CHicharito MYU 13 Kempbell Blekpul 13 Kevin Nolan Nyukasl 12 34

Hamidjon Aktamov: «Medallar uchun kurashishga bel bog’laganmiz»

Bugun Superliganing ikkinchi turidan o’rin olgan navbatdagi uchrashuvlar o’tkazildi. Navoiyning «Qizilqum» jamoasi bu turda «Qo’qon-1912» maydonida mehmon bo’ldi va nursiz durang qayd etdi.Ushbu uchrashuvdan so’ng navoiyliklar ustozi Hamid Aktamov fikrlarini bildirib o’tdi.«Avvalo yaqinlashayotgan navro’z bayrami va mavsumning ochilish marosimi bilan tabriklayman. Bugun maydonda haqiqiy jangavor o’yin bo’ldi. Ikki jamoa ham g’alaba uchun kurashdi. Vaziyatlar yaratdik, lekin foydalana olmadik. Umuman olganda durang ham yomon natija emas. «Qo’qon-1912″ga keyingi o’yinlarda omad tilayman.Mavsum endi boshlandi. O’yindan-o’yinga kuchayib boramiz. Dastlabki 4-5ta turda barcha bir xil holatda bo’ladi. Jamoaga taklif qilingan bir nechta yangi futbolchilarga…

Buffon nomalum muddatga safdan chiqdi

«Yuventus» darvozaboni Janluiji Buffon nomalum muddatga safdan chiqdi. Futbolchining belida jarohat bor. Darvozabonning tiklanish muddati haqida malumot yo’q. 43 yoshli darvozabon joriy mavsum barcha musobaqalarda 10ta o’yinda maydonga tushib, 6ta «quruq» o’yin o’tkazdi. Oldinroq «Yuventus» yarim himoyachisi Aaron Remzining ham jarohat olgani aytilgan edi. 37

«Vilyarreal» «Lokomotiv» yarim himoyachisi bilan shartnoma imzolamoqchi

«Lokomotiv» (Moskva)ning 19 yoshli yarim himoyachisi Nikita Iosifov faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. Yarim himoyachi bilan «Vilyarreal» klubi shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda. Bitim yozgi transfer oynasida amalga oshishi mumkin. Nikita «Temiryo’lchilar»ning bosh jamoasida 2019 yildan beri o’ynaydi. Iosifov joriy mavsum RPL doirasidagi 4ta o’yinda maydonga tushdi. O’yinchining moskvaliklar bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. 44

Paredes: «PSJ Messining transferini muhokama qilishni taqiqladi»

PSJ xavbeki Leandro Paredes klub rahbariyati unga «Barselona» hujumchisi Lionel Messining ehtimoliy transferi borasidagi savollarga javob berishga taqiq qo’yganini aytdi. «Klubda menga Messi haqida gapirish kerak emasligi haqida aytishdi. Biz barchamiz Lionel joriy mavsum so’nggida o’zi barchasini hal qilishi kerak deb hisoblaymiz», – deydi argentinalik yarim himoyachi. Messi uchun kurashda PSJga bosh raqobatchi «Manchester Siti»dir. Lionelning «ko’k-anorranglilar» bilan tuzgan shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo’ljallangan. Messi joriy mavsum La Liga doirasidagi 24ta o’yinda maydonga tushib, 19ta gol va 6ta assist qayd etdi. 27

«Gol urishga va jamoamga yordam berishga juda o’chman». AGMKning niderlandiyalik topilmasi Elvin Fortesning «Nasaf» bilan o’yindan keyingi fikrlari

Olmaliqning AGMK jamoasi kecha Superliganing ikkinchi turida Qarshida «Nasaf» bilan kuch sinashdi. Kurashlarga boy kechgan o’yinda niderlandiyalik futbolchi Elvin Fortesning 84-daqiqada urgan goli olmaliqliklarga yakunda bir ochko taqdim etdi. Biz esa mazkur uchrashuvdan so’ng Fortes saytimizga fikrlarini bildirib o’tdi.  «Nasaf» bilan uchrashuv juda ham qiyin kechdi. Birinchi bo’limda raqib katta ustunlikka ega bo’ldi. Ular ikkinchi bo’limda charchashini bilar edik. Buni jamoamiz yaxshi his qilib turgandi. Gol urish uchun bor imkoniyatimizni ishga soldik. Menga stadiondagi muhit juda ham yoqdi. Bunday muhitda to’p tepish bizni yanada kuchli qiladi. Maqsadim – ko’proq gol…

«Heden Azar» – «Real»ning umumiy guruhida shug’ullanmadi. U «Atalanta»ga qarshi o’yinni o’tkazib yuborishi mumkin

Yarim himoyachi Eden Azar «Real»ning bugungi mashg’ulotlarida ishtirok etmadi. Belgiyalik futbolchi ertaga bo’lib o’tadigan CHempionlar Ligasi doirasidagi «Atalanta»ga qarshi o’yinni o’tkazib yuborishi mumkin. SHu bilan birga yaqinda La Liga doirasidagi «Elche»ga qarshi bahsda bir soat harakat qilgan himoyachi Serxio Ramos cheklovlarsiz mashg’ulotlarda ishtirok etdi. Azar joriy mavsum «Real» safida 14ta o’yinda maydonga tushdi, jarohati sabab esa 21ta o’yinni o’tkazib yubordi. 41

«So’g’diyona» – «Turon» bahsini boshqargan Serazitdinov hakamlikdan chetlatildi

Kecha – 14 mart kuni O’zbekiston Superligasining 2-turidan o’rin olgan So’g’diyona – Turon uchrashuvida yuzaga kelgan holatlar futbol jamoatchiligining muhokamalariga sabab bo’ldi. VIDEO  Buni ko’rish shart! «Turon» ustozi Islom Ismoilov «portladi»: «Qachongacha??? SHumi adolat?!! Meni butun umrga futboldan olib tashlasa ham mayli!» Bugun O’FA Hakamlik qo’mitasi tomonidan mazkur bahsni boshqarib borgan bosh hakam Viktor Serazitdinovning o’yin davomidagi xatti-harakatlari atroflicha tahlil qilib chiqildi. Mutaxassislar «So’g’diyona» – «Turon» uchrashuvi video-lavhasini qayta ko’rib, vaziyatlarni sinchkovlik bilan o’rganib chiqdi. Tahlil natijasida, bosh hakam Viktor Serazitdinov uchrashuvning 29-daqiqasida «So’g’diyona» darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi…

Bobir Abdixoliqov O’zbekiston milliy terma jamoasiga chaqirildi

Yaqinda legionerga aylangan o’zbekistonlik hujumchi terma jamoamizning mart oyidagi yig’inidan chaqiruv oldi. Bu haqda «Rux» jamoasi matbuot xizmati xabar bermoqda. Vadim Abramov murabbiyligidagi O’zbekiston milliy terma jamoasi mart oyidagi FIFA kunlarida Toshkentda o’quv-mashg’ulot yig’inini olib boradi.  Lvovliklar hujumchisi 19-30 mart kunlari terma jamoa ixtiyorida bo’ladi. SHu vaqt ichida vakillarimiz ikkita o’rtoqlik uchrashuvida maydonga tushishi rejalashtirilgan.  52

/* если пусто описание ничего не выводим */