Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi: «Lasetti bizni qisib qo‘ygandi»

Murod Xonto‘rayevning shogirdi “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi: "Lasetti bizni qisib qo‘ygandi"

Murod Xonto‘rayevning shogirdi Jasur Anorboyev “avariya” qanday bo‘lganini so‘zlab berdi. «Akamga o‘zimga ishongandek ishonardim. Biz o‘z yo‘limizda kelayotgan edik, adashmasam “Lasetti” bizni qisib qo‘yishga harakat qildi. Keyin nima bo‘lganini bilmayman. Shifoxonada ko‘zimni ochdim. Avtohalokatda omon qoldim, akam esa bu yorug‘ olamni tark etdilar. Joylari jannatlarda bo‘lsin. Odamlar hamma narsalarni gapiraveradi. Men bitta narsani aytishim mumkinki, Murod akamdek inson boshqa yo‘q. Ular bitta gap bilan yuraklarni zabt etardilar». 120

Murodjon Ahmadaliev – Ronni Rios jangining vaqti ma’lum bo’ldi

Murodjon Ahmadaliev - Ronni Rios jangining qachon va qaerda o'tkazilishi ma'lum

Matchroom Boxing kompaniyasi rahbari Eddi Xirn Murodjon Ahmadaliev hamda Ronni Rios o’rtasidagi jangning manzili va vaqtini aytdi. Hamyurtimiz o’ziga tegishli kamarlarni 28 avgust kuni Los-Anjelesda amerikalik majburiy davogar Ronni Riosdan himoya qiladi. Avvalroq, «Matchroom Boxing» kompaniyasi 525 555 AQSH dollari evaziga ushbu jangni tashkil etish huquqini sotib olgandi. Ushbu jang uchun shuningdek, Oskar De La Xoyya rahbarligidagi «Golden Boy» promouterlik kompaniyasi ham qiziqish bildirgandi. Ular 503 ming dollarlik taklifni amalga oshirishgandi. Eslatib o’tamiz, IBF va WBA kamarlari sohibi bo’lgan Murodjon Ahmadaliev so’nggi jangini shu yilning aprel oyida Toshkentda sobiq chempion…

Manba: «Inter» Vidal va Nainggolan bilan shartnomalarni bekor qilishi mumkin

"Inter" Vidal va Nainggolan bilan shartnomalarni bekor qilishi mumkin

«Inter» yozda ikki futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda. Jurnalist Nikolo Shiraning so’zlariga ko’ra yarim himoyachilar Arturo Vidal va Raja Nayngolan yangi bosh murabbiy Simone Inzagi rejalariga kiritilmagan. Futbolchilarning maoshi klub uchun juda katta – chililik yiliga 6,5 ​​million evro ishlab oladi, belgiyalik mavsumda 4,8 million evro ishlab topadi. Qayd etilishicha, «Inter» futbolchilar bilan mumkin bo’lgan shartnomalarni bekor qilishni muhokama qilmoqda. 53

Bugun uch nafar ayollar kurashi vakilalarimiz bahslarga kirishadi

Bugun uch nafar ayollar kurashi vakilalarimiz bahslarga kirishadi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’smirlar o’rtasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha jahon chempionati davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O’zbekiston terma jamoasi kurashchilari har uchchala yo’nalishda yurtimiz sharafini himoya qilyaptilar. Biroz avval ayollar kurashi bo’yicha musobaqaga start berildi. Bugungi bellashuvlarda yurtimiz sharafini himoya qiladigan Muyassar, Xurshida va Valentinaga g’alaba yor bo’lishini tilaymiz. Qizlarimizning ilk davradagi raqibalari: 57 kg: 1/8 final. Muyassar Qo’shmuratova – Angelina Pervuxina (Rossiya) 65 kg: 1/4 final. Xurshida Qosimova – Ekaterina Oleynikova (Rossiya) 73 kg: 1/8 final. Valentina Toreniyazova – Inna Buxay (Ukraina) 49

Tokio-2020 tashkilotchilari koronavirus bilan bog’liq vaziyat yomonlashgan taqdirda Olimpiadani bekor qilish variantini o’ylashmoqda

Tokio-2020 to'xtatiladimi?

Tokio-2020 Olimpiadasi bosh direktori Tosiro Muto navbatdagi bayonot bilan chiqdi. Tosiro Mutoning xabar qilishicha, agarda koronavirus bilan zararlanish holatlari avj oladigan bo’lsa, Olimpiada bekor qilinishi mumkin. So’nggi 24 soat ichida, Olimpiada o’yinlariga bog’liq insonlardan 10tasida virus aniqlangan, shu bilan umumiy zararlanganlar soni 68 kishiga etgan. «Biz oldindan vaziyat qanday tus olishini bilmaymiz. Shu sabab ham biz bu narsani muhokama qilamiz. Kasallanganlar soni ortishi ham, kamayishi ham mumkin. Agar kasallik holatlari ortadigan bo’lsa, u holda biz besh tomonlama muzokaralarni yana boshlashimiz mumkin», – -dedi Tosiro Muto. Eslatib o’tamiz, Tokio-2020 Olimpiadasining 26…

Murod Xonto’raev bilan birga avtohalokatga uchragan sportchi «koma» holatidan chiqdi

Murod Xonto'raev bilan birga avtohalokatga uchragan sportchi "koma" holatidan chiqdi

Kuni kecha ajoyib MMA jangchisi Murod Xonto’raev avtohalokat sabab vafot etgandi. Malum bo’lishicha, o’zining BMW X5 rusumli mashinasida harakatlanib ketayotgan Murod Xonto’raevning yonida shogirdi, MMA jangchisi Jasur Anarboev ham bo’lgan. Avtohafalokat sabab, og’ir ahvolda shifoxonaga etkazilgan Jasur Anarboev «koma» holatida ekanligi xabar qilingandi. Bugun esa, Jasur Anarboev «koma» holatidan chiqganligi haqida malum qilindi. 49

OAV: Berardiga «Chelsi» va «Borussiya» qiziqish bildirmoqda

Berardiga "Chelsi" va "Borussiya" qiziqish bildirmoqda

«Sassuolo» hujumchisi Domeniko Berardi Angliya va Germaniya klublari qiziqishlari doirasiga kirdi. Sportitalia-ga asoslangan manbaning xabariga ko’ra, «Chelsi», «Borussiya Dortmund» va «Vest Xem» italiyalik futbolchini nishonga olishmoqda. A seriyada «Milan», «Latsio» va «Fiorentina» ham futbolchiga qiziqish bildirishdi, ammo Berardi chet elga ketishi kutilmoqda. 26 yoshli hujumchining Sassuolo bilan amaldagi kelishuvi 2024 yilning yoziga qadar hisoblab chiqilgan. Italiya chempionatining so’nggi mavsumida Berardi 30 uchrashuvda qatnashdi, 17 gol urdi va 8 golga uzatma berdi. 77

Bloger Logan Polning navbatdagi raqibi UFC afsonasi bo’ladi

Bloger Logan Polning navbatdagi raqibi UFC afsonasi bo'ladi

UFC afsonasi Anderson Silvaning navbatdagi raqibi ma’lum bo’ldi. U 19 sentyabr kuni yana ringga ko’tariladi. O’sha kuni unga Bloger Logan Pol raqiblik qiladi. Jang Dubay shahrida bo’lib o’tadi. Eslatib o’tamiz, Logan so’nggi jangini Floyd Meyvezerga qarshi o’tkazib, boks afsonasiga sakkiz raund turib berishga erishgandi. Silva esa so’nggi bor sobiq jahon chempioni Xulio Sezar CHavesga qarshi ringga ko’tarilib, raqibini mag’lub etishni uddalagan edi. 59

PSJ keyingi mavsum uchun mehmonlik formasini taqdim etdi

PSJ keyingi mavsum uchun mehmonlik formasini taqdim etdi

PSJ 2021/22 yilgi mavsum uchun yangi mehmonlik formasini namoyish etdi. Kiyim asosan oq rangda pushti aksanlar bilan, shuningdek formaning o’rtasida qora vertikal chiziq bilan tikilgan. Ta’kidlanishicha, to’plam 100 foiz qayta ishlangan poliesterdan tayyorlangan bo’lib, ularning aksariyati plastik butilkalardan tayyorlanadi. Avvalroq fransuz klubi uy liboslarini ham taqdim etgan edi. 47

/* если пусто описание ничего не выводим */