«Manchester Yunayted» futbolchilari klubda COVID-19 tarqalishidan keyin bosqichma-bosqich mashg’ulotlarga qaytishdi

"Manchester Yunayted" futbolchilari klubda COVID-19 tarqalishidan keyin bosqichma-bosqich mashg'ulotlarga qaytishdi

“Manchester Yunayted” futbolchilari mashg‘ulotlarga qaytishdi, deb xabar bermoqda klub matbuot xizmati. O’tgan haftada jamoada COVID-19 tarqalishi sababli klubning mashg’ulot majmuasi yopildi. Avvalroq, APL «Manchester Yunayted»ning «Brayton» va «Brentford» bilan o’yinlarini keyinga qoldirgandi. Ralf Rangnik shogirdlari 27 dekabr dushanba kuni bo’lib o’tadigan «Nyukasl»ga qarshi o’yinga tayyorgarlik ko’rmoqda. «Manchester Yunayted» 16 o’yinda 27 ochko bilan APLda 6-o’rinda bormoqda. 54

«Fenerbaxche» Pereyrani ishdan bo’shatdi

"Fenerbaxche" Pereyrani ishdan bo'shatdi

«Fenerbaxche» Vitor Pereyra bosh murabbiylikdan iste’foga chiqqanini e’lon qildi. Bu haqda turk jamoasi matbuot xizmati xabar berdi. Portugaliyalik mutaxassis klubni yozda qabul qilib oldi va uning shartnomasi 2023-yilgacha amal qiladi. Tomonlar o’zaro kelishuv asosida shartnomani bekor qilishning barcha shartlarini kelishib oldilar. “Fenerbaxche” Turkiya chempionati turnir jadvalida beshinchi o‘rinda bormoqda. 40

O’zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif tushdi

O'zbekiston terma jamoasi hujumchisiga Rossiya klubidan taklif tushdi

Rossiya klubi O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisi va “Tobol” hujumchisi Igor Sergeev xizmatlariga qiziqish bildirmoqda. Metaratings.ru xabariga ko’ra, «Ximki» o’z safiga 28 yoshli futbolchi bilan qo’shilishni istamoqda. Sergeevning transferi 1,7 million yevroni tashkil qiladi. Eslatib o’tamiz, Rossiya chempionatining birinchi turini “Ximki” 14 ochko bilan so’nggi o’rinda yakunladi. O’tgan mavsumda Igor Qozog’iston chempionatida 25 ta o’yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Hujumchilarga Samvel Babayan boshchiligidagi “Navbahor” va sobiq klubi “Paxtakor” ham qiziqish bildirayotgani haqida avvalroq yozgan edik. 208

«Inter» himoyachisi de Vrey Konte qo’l ostidagi faoliyati haqida gapirdi

"Inter" himoyachisi de Vrey Konte qo'l ostidagi faoliyati haqida gapirdi

“Inter” himoyachisi Stefan de Vrey 2021 yilning yozida klubni tark etgan sobiq bosh murabbiy Antonio Konte haqida o‘z fikrlarini aytdi. “Konte ajoyib karyeraga ega, u har doim g’alaba qozonadi. Uning boshchiligida “Inter” sovrinni qo‘lga kiritdi. Indzagi mustahkam poydevor ustida ishlamoqda va endi u ham mavsumni yaxshi o‘tkazmoqda”, – deya de Vryat so‘zlarini keltiradi DAZN. 2020/21 yilgi mavsumda «Inter» so’nggi 11 yil ichida birinchi marta Italiya chempioniga aylandi. Hozir jamoaga Simone Indzagi ustozlik qilmoqda. «Inter» 43 ochko bilan turnir jadvalida 1-o’rinni egallab turibdi. 52

«Nyukasl» «Inter»dan Jekoni sotib olmoqchi

"Nyukasl" "Inter"dan Jekoni sotib olmoqchi

«Inter» hujumchisi Edin Jeko «Nyukasl»ga o’tishi mumkin, deb xabar beradi Daily Mail. Manbaga ko’ra, «Nyukasl» Jekoning transferi uchun munosib miqdorda pul sarflashga tayyor. Klub u jamoaning Premer-ligada qolishiga yordam berishiga umid qilmoqda. Jeko «Inter»ga 2021 yilning yozida kelib qo’shilgan edi. U ikki yillik shartnoma imzoladi. Joriy mavsumda 35 yoshli bosniyalik futbolchi jamoasi safida barcha turnirlarda 23 ta o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Premer-liga turnir jadvalida «Nyukasl» oxirgidan oldingi, ya’ni 19-o’rinni egallab turibdi. 62

Kurash bo’yicha “Barkamol avlod-2021” respublika final bosqichi yakunlandi

Kurash bo'yicha “Barkamol avlod-2021” respublika final bosqichi yakunlandi

Buxoro shahri mezbonligida o’tgan kurash bo’yicha “Barkamol avlod-2021” sport o’yinlarining respublika final bosqichi o’z yakuniga etdi. 3 kun davom etgan kurash musobaqalarida Respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 230 ga yaqin kurashchilar g’oliblik uchun bel olishdi. O’g’il bolalar 8 ta vazn toifasida: -55 kg, -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg va +100 kg vazn toifalarida bellashgan bo’lsa, qizlar 7 ta vazn toifasida: -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, +70 kg vazn toifalarida kurashdi. Murosasiz va qizg’in kechgan baxslar…

Tayson Fyurining navbatdagi raqibi Endi Ruis bo’lishi mumkin

Tayson Fyurining navbatdagi raqibi Endi Ruis bo'lishi mumkin

Mashxur promouter Bob Arum Tayson Fyurining navbatdagi jangi haqida gapirdi. «Agar biz Dillian Uayt bilan kelisha olmasak, boshqa raqib topamiz. Biz Taysonni mart oyi oxirigacha ringga chiqarishimiz kerak. Endi Ruis – bu, mavjud variantlardan biri. Jozef Parker, ko’rganimizdek u Derek CHisora ustidan chiroyli g’alabaga erishdi. U ham variantlardan biri. Biz yana mos jangchilarni izlashda davom etamiz», – dedi Arum «Boxing Scene»ga bergan intervyusida. Bob Arum – «Top Rank Promotions» promouterlik kompaniyasi asoschisi. U Xalqaro boks shon-sharaf zali va Butunjahon boks shon-sharaf zalidan o’rin olgan. Uning kompaniyasi tashkil etadigan janglarni «HBO»,…

Islam Maxachev – Beneil Dariush jangi tasdiqlandi

Islam Maxachev - Beneil Dariush jangi tasdiqlandi

Rossiyalik taniqli UFC jangchisi Islam Maxachev navbatdagi jangini 2022 yilning 27 fevral kuni o’tkazadigan bo’ldi.Xabib Nurmagomedovga izdosh sifatida qaralayotgan Maxachevning raqibi UFC yengil vazn toifasi reytingida uchinchi o’rinni egallab turgan Beneil Dariush bo’ladi. Eslatib o’tamiz, Maxachev so’nggi jangida Den Xukerni birinchi raundda mag’lubiyatga uchratgan edi. Bu Maxachev uchun MMAdagi 22-jangidagi 21-g’alabasi bo’lgandi. Den Xuker esa 32-jangidagi 11-mag’lubiyatini qabul qilib olgandi. Rossiyalik sportchi chempionlik jangi uchun davogarlik qilmoqda. Uning g’alabali seriyasi 9 ta jangdan iborat. Islam faoliyatidagi yagona mag’lubiyatni 2015 yilda qabul qilib olgan. Dariush esa so’nggi jangida shu yilning may…

«Manchester Yunayted» Kavani bilan xayrlashmoqchi emas – OAV

"Manchester Yunayted" Kavani bilan xayrlashmoqchi emas - OAV

«Manchester Yunayted» klubi hujumchi Edinson Kavani bilan xayrlashmoqchi emas, deb xabar beradi Daily Mail. Avvalroq OAVda urugvaylik futbolchiga «Barselona» qiziqayotgani, 34 yoshli futbolchining o’zi esa kataloniyaliklar bilan shaxsiy shartnoma shartlari bo’yicha kelishib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Manbaga ko’ra, klubdagi COVID-19 pandemiyasi bilan bog’liq beqaror vaziyat tufayli «Manchester Yunayted» hujumkor o’yinchilar bilan xayrlashmoqchi emas. Kavanining jamoa bilan shartnomasi 2022 yilning iyuniga qadar mo’ljallangan. Joriy mavsumda urugvaylik barcha turnirlarda 8ta o‘yinda qatnashib, bitta gol urgan. 101

/* если пусто описание ничего не выводим */