Ali Abdel Aziz Rafael dos Anosning gaplariga munosabat bildirdi

Ali Abdel Aziz Rafael dos Anosning gaplariga munosabat bildirdi

Islam Maxachevning menejeri Ali Abdel Aziz sobiq UFC kamari sohibi Rafael dos Anosning gaplariga munosabat bildirdi. «Islam dekabr oyida jang qilmoqchi. UFC esa unga oktyabrda jang tashkil qilib berishni istamoqda. Hozir Islam uyiga bormoqchi, u bilan keyinroq gaplashib olaman. Bir narsa aniqki, Xabib nima bo’lgan taqdirda ham boshqa janglarda ishtirok etmaydi»- -dedi Ali Abdel Aziz. 72

Sulsher «Manchester Yunayted» bilan shartnomasini 2024 yilgacha yangilaydi

Sulsher "Manchester Yunayted" bilan shartnomasini 2024 yilgacha yangilaydi

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Ole Gunnar Sulsher klub bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi. Norvegiyalik mutaxassis 2024 yilgacha yana bir yilga uzaytirilishi mumkin bo’lgan shartnoma imzoladi. Hamma mening ushbu klub haqida qanday fikrda ekanimni biladi va men ushbu yangi shartnomani imzolaganimdan xursandman. Bu «Manchester Yunayted» uchun hayajonli vaqt, biz yoshlarning muvozanati yaxshi va muvaffaqiyat qozonishga intilgan tajribali o’yinchilarni tarkib toptirdik. Mening atrofimda ajoyib murabbiylar jamoasi bor va barchamiz o’z yo’limizda keyingi qadamni tashlashga tayyormiz. «Manchester Yunayted» eng katta va eng yaxshi sovrinlarni qo’lga kiritishni istaydi va biz hammamiz shu narsaga intilamiz, –…

Qozog’iston Tokio Olimpiadasidagi ilk medalini qo’lga kiritdi

Qozog'iston Tokio Olimpiadasidagi ilk medalini qo'lga kiritdi

Qozog’iston 2020 yilgi Olimpiadaning birinchi medalini qo’lga kiritdi Bugun Tokioda 2020 yilgi Olimpiya o’yinlarida dzyudo musobaqalari bo’lib o’tmoqda, 60 kg vazn toifasida qozog’istonlik sportchi Eldos Smetov medallar uchun kurash olib bordi. Rio-2016 Olimpiadasining kumush medal sohibi Smetov dastlabki bosqichda turkiyalik sportchi Mixraj Akkush ustidan tezkor g’alaba qozondi, so’ng Janubiy Koreya vakili Kim Von Jinni mag’lub etdi va yarim finaldagi keskin bahsda yaponiyalik Naohisa Takatoga imkoniyatni boy berdi. Uchinchi o’rin uchun kurashda Eldosga gollandiyalik Tornike CHakadua raqiblik qildi. Qarama-qarshilikning natijasi Smetovning g’alabasi bilan yakunlandi. SHunday qilib, Eldos Smetov bronza medalini qo’lga…

O’zbekiston milliy terma jamoasi o’z faoliyatini Tokiodagi Olimpiadada boshladi: dastlabki natijalar ma’lum

O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z faoliyatini Tokiodagi Olimpiadada boshladi: dastlabki natijalar ma'lum

Hammasi bo’lib, Olimpiya o’yinlarining 1-raqobat kuni, 24-iyul kuni 11 nafar o’zbekistonlik sportchilar sportning 8 turi bo’yicha kuch sinashadilar. O’zbekiston sportchilarining chiqishlari jadvali va natijalari:Otish sporti10 m, miltiqMuxtasar ToxirovaNatija: 622,2 ball, 33-o’rin QilichbozlikSaberSherzod Mamutov – Julian Teodosiu (Ruminiya)Natija: 11:15 hisobida yutqazdiQilichMalika Xakimova – Yiven Sun (Xitoy)Taxminiy suhbat vaqti: 07:25 Eshkak eshishdeuce dubles, kvalifikatsiya, to’rtinchi qator, 1-yugurishShahboz Xolmirzaev, Sobir SafaralievNatija: 6:44:98, guruhda 4-o’rin Velosiped haydashavtomobil yo’li, guruh poygasi, 234 kmMurodjon XolmurodovTaxminiy ishlash vaqti: 07:00 TennisyakkalikDenis Istomin – Sumit Nagal (Hindiston)Taxminiy ishlash vaqti: 07:00 Dzyudo-60 kg, 1/8 finalSharofiddin Lutfillaev – Ukraina va Gvatemaladan…

Bokschi Sanjar Tursunov Olimpiadadagi ilk jangida mag’lubiyatga uchradi

Bokschi Sanjar Tursunov Olimpiadadagi ilk jangida mag'lubiyatga uchradi

Tursunov jazoirlik bokschi Abdulhafid Benchablga yutqazdi. Olimpiya o’yinlarining birinchi kuni o’zbekistonlik sportchilar uchun yaxshi o’tmayapti. 91 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Sanjar Tursunov jangning birinchi davrasida jazoirlik bokschi Abdulhafid Benchablga yutqazib qo’ydi va musobaqani tark etdi. Eslatib o’tamiz, avvalroq Denis Istomin Olimpiya o’yinlarining birinchi davrasida mag’lub bo’lgan edi. 72

Mirzaxalilovning qozog’istonlik extimoliy raqibi g’alaba bilan boshladi

Mirzaxalilovning qozog'istonlik extimoliy raqibi g'alaba bilan boshladi

Qozog’iston terma jamoasi Tokiodagi yurishini g’alaba bilan boshladi. Boksda asosiy raqibimiz hisoblangan Qozog’iston terma jamoasi vakillari Olimpiadadagi yurishini ishonchli g’alaba bilan boshladi. -57 kg vazn toifasida ishtirok etayotgan Serik Temirjanov ilk jangini vengriyalik Roland Galoshga qarshi o’tkazdi. Uchrashuv qozog’istonlikning 5:0 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi. Etiborlisi, Temirjanov jang davomida raqibini ikki bor nokdaun holatiga tushirdi. Malumot uchun, ushbu vazn toifasida yurtimiz sharafini Mirazizbek Mirzaxalilov himoya qiladi. Bokschimiz chorak finalda qozog’istonlik Temirjanovga qarshi jang qilishi mumkin. 35

Riberi faoliyatini «Sampdoriya»da davom ettirishi mumkin

Riberi faoliyatini "Sampdoriya"da davom ettirishi mumkin

Yarim himoyachi Frank Riberi «Sampdoriya» o’yinchisiga aylanishi mumkin. 38 yoshli franciyalik futbolchi italyan klubi bilan dastlabki muzokaralarni ham o’tkazdi. Riberi faoliyatining katta qismini «Bavariya»da o’tkazgan, ammo so’nggi ikki mavsum «Fiorentina» sharafini himoya qildi. Frank o’tgan mavsum A Seriya doirasidagi 29ta o’yinda maydonga tushib, 2ta gol va 6ta assist qayd etdi. Florenciya klubi unga yangi shartnoma taklif qilmadi. 51

Ulmeken Esenbaeva Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

Ulmeken Esenbaeva Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’smirlar o’rtasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha jahon chempionati davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O’zbekiston terma jamoasi kurashchilari har uchchala yo’nalishda yurtimiz sharafini himoya qilyaptilar. Ayollar kurashi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulmeken Esenbaeva jahon chempionatining bronza medalini qo’lga kiritdi. 61 kg vazndagi vakilamiz o’tish bahsida xorvatiyalik Alesia Marselichni 6-0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun bahsdagi raqibasi hindistonlik Nitika Nitika esa jarohati sabab gilamga chiqmadi va shu tariqa hamyurtimiz jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo’ldi. Bir kun avval 65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya…

Bugun 5 nafar klassigimiz Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi (Juftliklar)

Bugun 5 nafar klassigimiz Jahon chempionatidagi ishtirokini boshlaydi (Juftliklar)

Vengriya poytaxti Budapesht shahri o’smirlar o’rtasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslari davom ettiriladi. Bugun Olimjon Qurbonov va Baxtiyor Sayfiev murabbiyligidagi 5 nafar klassigimiz jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqadi. Bugun ishtirokini boshlaydigan kurashchilarimiz: 45 kg: 1/8 final. Ozodbek Xalimboev — Amare Fetene (Isroil) 51 kg: 1/16 final. Quvonchbek Yaxshiboev — Filip Bartoshik (CHexiya) 60 kg: 1/8 final. Azizbek Yo’ldoshev — Sayidmustafo Rizoi (Eron) 71 kg: 1/8 final. Aleksandr Nazarov — Ramazan Arapxanov (Rossiya) 92 kg: 1/16 final. Javlon Tirkashev…

Kelishilgan o’yinlarda ishtirok etgan ikki tennischimiz chetlatildi. Ulardan biri umrbodga!

Tennis bo'yicha O'zbekiston terma jamoasining ikki nafar azosi kelishilgan o'yinlarda qatnashganligi isbotlandi

Tennis bo’yicha O’zbekiston terma jamoasining ikki nafar azosi kelishilgan o’yinlarda qatnashganligi isbotlandi. Gap Temur Ismoilov va Amal Sultonbekov haqida ketmoqda. Tennisda halollikni taminlash xalqaro Agentligi (ITIA) hamyurtlarimizning 2019 yildagi ishtiroklarini o’rganib chiqish asnosida ushbu ayblovni qo’ygan. Eng yomoni, O’zbekiston terma jamoasi azosi bo’lgan Temur Ismoilov endi qo’liga raketka ham ololmaydi. U umrbod tennisdan chetlatildi. Diskvalifikaciyadan tashqari, u 14 000 AQSH dollari miqdorida jarima ham to’laydi. Jazo 2021 yilning 21 iyulidan kuchga kirgan. Amal Sultanbekov esa tennisdan 5 yilga chetlatildi va kamiga 8000 dollar jarima ham to’laydi. Uning jazo muddati ham…

/* если пусто описание ничего не выводим */