Fyuri Uaylder bilan Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida jang qiladi

Fyuri Uaylder bilan Las-Vegasdagi T-Mobile arenasida jang qiladi

Og’ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri va kamarning sobiq egasi Deontey Uaylder o’rtasidagi jang o’tkaziladigan joy ma’lum bo’ldi.

Manbaga ko’ra, Nevada shtati atletik komissiyasi har oylik konferentsiyada jang Las-Vegasda T-Mobile Arenada bo’lib o’tishini ko’rsatgan.

May oyining o’rtalarida promouter Bob Arum jang sanasi sifatida 24 iyul tanlanganini e’lon qildi.

Oldin Fyuri WBA, IBF, WBO va IBO kamar sohibi Entoni Joshua bilan jang o’tkazishi kerak edi. Biroq, Tribunal Uaylder va Fyuri ishtirokidagi revansh jangini buyurdi.

Ular o’rtasidagi birinchi jang 2018-yilning dekabrida bo’lib o’tdi va durang bilan tugadi. 2020-yil fevral oyida bo’lib o’tgan ikkinchi jangda britaniyalik yettinchi raundda texnik nokaut bilan g’alaba qozondi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments