Kurash bo’yicha “Barkamol avlod-2021” respublika final bosqichi yakunlandi

Kurash bo'yicha “Barkamol avlod-2021” respublika final bosqichi yakunlandi

Buxoro shahri mezbonligida o’tgan kurash bo’yicha “Barkamol avlod-2021” sport o’yinlarining respublika final bosqichi o’z yakuniga etdi.

3 kun davom etgan kurash musobaqalarida Respublikamizning 14 ta hududidan tashrif buyurgan 230 ga yaqin kurashchilar g’oliblik uchun bel olishdi.

O’g’il bolalar 8 ta vazn toifasida: -55 kg, -60 kg, -66 kg, -73 kg, -81 kg, -90 kg, -100 kg va +100 kg vazn toifalarida bellashgan bo’lsa, qizlar 7 ta vazn toifasida: -44 kg, -48 kg, -52 kg, -57 kg, -63 kg, -70 kg, +70 kg vazn toifalarida kurashdi.

Murosasiz va qizg’in kechgan baxslar yakuniga ko’ra, umumjamoa hisobida Buxoro viloyati jamoasi faxrli 1-o’rinni qo’lga kiritdi. Shohsupaning ikkinchi pog’onasini samarqandlik kurashchilar zabt etgan bo’lsa, 3-o’rin Xorazm viloyati kurashchilariga nasib etdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments