Endi O’zbekiston kurash va belbog’li kurash federatsiyalari birgalikda faoliyat olib boradi

Bu haqda O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasida o'tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o'tildi.

Bu haqda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasida o’tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o’tildi.

Shu yil 26 iyul kuni O’zbekiston kurash federatsiyasining navbatdan tashqari Kengash yig’ilishi o’tkazilgan va unda O’zbekiston belbog’li kurash federatsiyasining joriy yil 14-iyundagi murojaati o’rganib chiqilib, Kengash azolari bir ovozdan o’zbek xalqining bu yo’nalishdagi kurashini ham rivojlantirishda ikki federatsiya birgalikda faoliyat olib borishiga kelishib olgandi.

Joriy yil 10-13-sentyabr kunlari Ruminiyaning Konstanta shahrida bo’lib o’tadigan kurash bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun xalqaro turnir doirasida 10-sentyabr kuni kurash sportini dunyodagi nufuzini oshirish bo’yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish hamda kurashimizning ikkinchi yo’nalishi bo’lgan Belbog’li kurashni ham dunyodagi o’rnini mustahkamlash bo’yicha Kongress bo’lib o’tishi rejalashtirilgan. Maqsad – kurash bilan yelkama-yelka belbog’li kurashni ham butun dunyoda ommalashtirishdan iborat.

Bu haqda O’zbekiston Milliy olimpiya qo’mitasida o’tkazilgan matbuot anjumani hamda taqdirlash marosimida aytib o’tildi. Unda O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o’rinbosari Erkin Yuldashev ishtirok etdi va nutq so’zladi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments