Xayr boks. Pakyao faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi

Pakyao faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Dunyodagi eng buyuk muxlislar va eng buyuk sportga rahmat! Barcha ajoyib xotiralar uchun rahmat. Bu men qabul qilgan eng qiyin qaror, lekin men bunga rozi bo’ldim. Orzularingizni amalga oshiring, ko’p harakat qiling va nima bo’lishini ko’ring. Xayr boks,

Pakyao tvitterda.

Pakyao o’zining so’nggi jangini 22 avgustda o’tkazdi va yarim og’ir vazn toifasida WBA yo’nalishi chempionligi uchun jangda kubalik Yordenis Ugasga yutqazdi. Umumiy hisobda bokschining professional ringda 62 g’alabasi va sakkizta mag’lubiyati bor.

Sentyabr oyida 42 yoshli sportchi Filippin prezidentligiga nomzodini e’lon qildi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments