Bugun 3 nafar tennischimiz Shveciyada kortga chiqadi

Bugun 3 nafar tennischimiz Shveciyada kortga chiqadi

SHu kunlarda SHveciyada “F3 Futures» turniri bo’lib o’tmoqda.

Ushbu musobaqada 3 nafar tennischimiz ishtirok etmoqda. Sergey Fomin yakkalik bahslarini yaponiyalik R.Tokudaga qarshi, Sanjar Fayziev esa boshqa bir yapon tennischisi YU.Simidzuga qarshi o’yin o’tkazadi. Humoyun Sultonovning raqibi esa saralash bahslaridan so’ng malum bo’ladi.

Juftlik bahslarida esa birozdan so’ng Humoyun Sultonov turnirning 1/8 final bosqichida yaponiyalik Yuta Simidzu bilan tandemda yaponiyalik tennischilar Renta Tokuda/ Sintaro Imaiga qarshi bahs olib boradi.

Yana ikki tennischimiz Sergey Fomin va Sanjar Fayziev ham juftlik hosil qilgan holda ushbu turnirda qatnashmoqda. Bugun ular britaniyalik Daniel Litl/ Ben Jons tandemiga qarshi kortga chiqishadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments