Istomin chorak final chiptasi uchun kortga chiqadi

O‘zbekistonning birinchi raqamli raketka ustasi Denis Istomin Qozog‘iston kortlarida o‘tkazilayotgan turnirlarda ishtirok etishda davom etmoqda.

Bu safar hamyurtimiz «Chellenjer» turkumiga kiruvchi «Nur-Sultan 2» musobaqasida o‘z yurishini muvaffaqiyatli boshladi. Frantsiyalik Aleksandr Myullerga qarshi kortga chiqqan Istomin ilk setni 6:3 ko‘rinishida yutib oldi. Ikkinchi setda hisob tennischimiz foydasiga hal bo‘lib turgan bir paytda, Myuller uchrashuvni davom ettira olmasligini ma’lum qildi va Denis texnik g‘alaba bilan keyingi bosqichga yo‘l oldi.

Endi 1/8 finalda unga turnirning 5-tartib raqam ostida saralangan raketka ustasi, yaponiyalik Taro Daniel raqiblik qiladi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 13:55 atrofida boshlaishi rejalashtirilgan.

O’xshash yangiliklar

5 1 vote
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments