«Mo’ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni Xonoboddan start oldi

"Mo'ynoqqa madad" ekologik xayriya velomarafoni Xonoboddan start oldi

Velomarafonning dastlabki kunida ishtirokchilar 62 km masofani bosib o’tishadi.

Avval xabar berganimizdek, bugun O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan “Mo’ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga start berildi.

Turizm va sport vazirligi, O’zbekiston Ekologik partiyasi, Milliy Olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston velosiped sporti federaciyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ekologik xayriya velomarafoni 5 iyunga qadar davom etadi.

Eslatib o’tamiz, ekologik xayriya velomarafonini o’tkazishdan ko’zlangan bosh maqsad – Orolbo’yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ekologik muammolarga echim topishga qaratilgan.

Velomarafonga bugun soat 9:00da Andijon viloyati Xonobod shahridan start berildi. Ushbu tadbirda 100 nafarga yaqin velosportchi ishtirok etmoqda.

Ishtirokchilar bugun Xonobod shahridan yo’lga chiqib, Xo’jaobod va Buloqboshi tumanlari orqali o’tishadi va umumiy 62 km masofani ortda qoldirgan holda Farg’ona viloyatiga kirib borishadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments