Osiyo chempionati doirasida O’zbekiston – Qozoqiston uchrashuvi bo’lib o’tdi

Osiyo chempionati doirasida O'zbekiston - Qozoqiston uchrashuvi bo'lib o'tdi

Iordaniyada gandbol bo’yicha ayollar jamoalari o’rtasidagi Osiyo chempionati davom etmoqda.

Kecha musobaqaning ikkinchi turi doirasida terma jamoamiz qozog’istonlik raqibalariga qarshi bahs olib borishdi. Birinchi bo’lim qizlarimizning g’alabasi bilan yakunlangan bo’lsa-da, yakunda qozog’istonlik qo’l to’pi ustalari uch ochkolik farq bilan zafar quchishdi – 31:28.

Eslatib o’tamiz, terma jamoamiz Osiyo chempionatining guruh bosqich birinchi turida Janubiy Koreyaga 19:45 hisobida yutqazishgan edi. Bugun uchinchi tur doirasidagi O’zbekiston – Singapur uchrashuvi bo’lib o’tadi.

Guruhdagi so’nggi o’yinimiz Gonkong terma jamoasiga qarshi kechadi. Bo’lajak ikki o’yinda g’alaba qozona olgan taqdirimizda, shu yil dekabr oyida Ispaniyada o’tkaziladigan jahon chempionati final bosqichiga chiqish imkoniyatiga ega bo’lishimiz mumkin.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments