Stol tennischilarimiz xalqaro turnirga yo’l olishdi

Joriy yilning 15-19 sentyabr kunlari Qozog’istonning Karaganda shahrida stol tennisi bo’yicha mukofot jamg’armasi 30 ming dollar bo’lgan “Kazaxstan International Open” xalqaro turniri bo’lib o’tadi.

Ushbu reyting ochkolari beruvchi musobaqada Abdulaziz Anorboev, Muhammad O’ktamboev, Jamshid Rahimberganov, So’g’diyona Madalieva, Rozalina Xojieva kabi umidli stol tennischilarimiz yurt sharafini himoya qiladi. Tennischilarimiz bahslarga Mardona Aitova hamda Georgiy Coy murabbiyligi qo’l ostida kirishadi.

Eslatib o’tamiz, Xalqaro stol tennisi federaciyasi tomonidan ilk bor tashkil etilayotgan mazkur musobaqada O’zbekiston, Qozog’iston, Avstriya, Saudiya Arabistoni, Hindiston, Belorus, Rossiya va Qirg’izston kabi bir qator davlatlardan kelgan 70 nafardan ziyod sportchii ishtirok etadi.

O’zbeksiton stol tennisi federaciyasi matbuot xizmati

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments