Suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi marraga yaqinlashmoqda

Suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi marraga yaqinlashmoqda

Shu kunlarda Respublika olimpiya zaxiralari kollejida suzish bo‘yicha O‘zbekiston kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Kecha musobaqaning to‘rtinchi kunida 50 va 800 metrga erkin usulda, 200 metrga kompleks suzish bo‘yicha eng yaxshilar aniqlandi.

50 metr masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha o‘tkazilgan bahs yakunlariga ko‘ra, toshkentlik Aleksey Tarasenko masofani 22,69 soniyada bosib o‘tib, birinchi o‘rinni egalladi. Shu tariqa, tajribali sportchimiz shaxsiy bahslarda to‘rtinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Natijalar:

50 m erkin usulda (erkaklar)

1.Aleksey Tarasenko (Toshkent) – 22,69

2.Xurshid Tursunov (Navoiy) – 22,84

3.Xojiakbar Abdujalilov (RSHVSM) – 23,81

Xuddi shu yo‘nalishda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan bahslarda Respublika oliy sport mahorati maktabi vakili Natalya Kritinina (27,26 soniya) g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

200 m, kompleks (erkaklar):

1.Egor Petryakov (RSHVSM) – 2: 08.97

2.Mixail Kleshko (Sirdaryo) – 2: 13.21

3.Aleksey Tarasenko (Toshkent) – 2: 16.34

Bu yo‘nalishda xotin-qizlar o‘rtasida Respublika oliy sport mahorati maktabi vakili Anastasiya Zelinskaya (2:27,86) g‘alabani nishonladi.

Musobaqaning to‘rtinchi kuni 800 m masofaga erkin usulda suzish bo‘yicha eng yaxshi sportchilarni aniqlash bilan yakunlandi. Abdujalil Abdug‘aniyev (9:00.03) marraga birinchi etib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Undan keyin Nikita Kornilov (9:00,63) shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments