Nurmuhammedov Olimpiada litsenziyasi uchun kurashadi, Ilyas kutilmaganda musobaqadan chetlatildi

Nurmuhammedov Olimpiada litsenziyasi uchun kurashadi

Bugun Bolgariya poytaxti Sofiya shahrida sport kurashlari bo’yicha Tokio Olimpiadasiga yo’llanma beruvchi eng oxirgi – jahon litsenzion turniri boshlanadi. Bugun musobaqaning birinchi kuni erkin kurashchilar 6 ta vazn toifasida Tokio Olimpidasining jami 12 ta yo’llanmasi uchun o’zaro bellashishadi. Ular orasida ikki erkin kurashchimiz ham bo’lishi kerak edi. Afsuski, nomalum sabablarga ko’ra Ilyas Bekbulatov litsenziya uchun kurashmaydigan bo’ldi. Vaholanki, Bekbulatov ayni paytda terma jamoamiz bilan birga Sofiya shahrida bo’lib turibdi. Bizga etib kelgan xabarda Ilyasning belgilangan vazn meyorini bajara olmagan. 50

Bekzod Abdurahmonov Olimpiadaga tayyorgarlikni AQSHda davom ettirmoqda

Bekzod Abdurahmonov mashg'ulotlarni AQSHda davom etdirmoqda

Jahon chempionati sovrindori, ikki karra Osiyo o’yinlari g’olibi, Tokio Olimpiadasi licenzianti Bekzod Abdurahmonov ayni paytda AQSHda bo’lib turibdi. Abdurahmonov qisqa tanaffusdan so’ng okean ortiga yo’l oldi va hozirda erkin kurash bo’yicha AQSH, Puerto-Riko hamda Meksika terma jamoalari azolari bilan birgalikda Olimpiya o’yinlariga tayyorgarlik ko’rmoqda. Bu kurashchilarning bari Tokio Olimpiadasi yo’llanmasini qo’lga kiritib ulgurgan. Mashg’ulotlarda jahon chempionati sovrindori, ikki Olimpiadada ishtirok etgan, Rio-2016 Olimpiya o’yinlarida hamyurtimiz Ixtiyor Navro’zovga yutqazgan puerto-rikolik Franklin Gomes Matos, AQSH terma jamoasi etakchisi, ikki karra jahon chempioni (Budapesht-2018, Nur-Sultan 2019) Kayl Deyk, jahon chempionatining kumush medali sovrindori…

O’zbekistonlik erkin kurashchi Olimpiadadan keyin UFCga o’tadi

Bekzod Abdurahmonov UFCga o'tadi.

Erkin kurash bo’yicha ikki karra Osiyo o’yinlari g’olibi, ikki karra Osiyo chempioni, jahon chempionati sovrindori Bekzod Abdurahmonov UFCga o’tadi. «UFC’dan taklif bor albatta. Lekin, hozirgi payt bor etiborimni erkin kurashga, Olimpiya o’yinlariga qaratganman. UFC’dagilar bilan gaplashdik, ular bilan muzokaralarni Tokio Olimpiadasidan so’ng davom ettirishga kelishib oldik. Umuman UFC’da oddiy jangchi bir jangi uchun umumiy hisobda, o’rtacha 24 ming dollar oladi. Agar, jangchi Olimpiya chempioni yoki sovrindori bo’lsa, u holda yaxshiroq shartlarni qo’yishi mumkin. SHu yo’l bilan siz oladigan gonarar ham oshishi mumkin. Aynan shu sabab ham hozirda bor etiborimni Olimpiya…

Erkin kurash

Erkin kurash – sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida g‘oliblik uchun olishuvi. Erkin kurash musobaqalari diametri 9 m (yoki o‘lchami 12×12 m) sport maydonida o‘tkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg, ayollar 48, 52, 57, 63, 70, 78 va 78 kg dan ziyod vazn toifalarida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekunddan. Erkin kurashda siltab tortish, qariyb va aylantirib tashlashga, oyoq qismidan ushlab usullar bajarishga ruxsat etiladi. Bajarilgan usullar 5 (sof g‘alaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3, 1 ochko…

 

Erkin kerash – olimpiya sport turi, otish, qo’lga olish, uloqtirish va shu kabi turli texnikalar qo’llaniladigan yakkakurash. Ushbu kurash turida maqsad raqibni yelkaga yiqitish hisoblanadi.

Erkin kurashning  bugungi kundagi yangiliklari, O’zbekiston va jahon erkin kurashi mavzusidagi barcha yangi xabarlar jamlanmasi UzbekSport.uz da.