Jahon chempionatida 2 ta medal qo’lga kiritgan kurashchi qizlarimiz Toshkentga qaytishdi

Jahon chempionatida 2 ta medal qo'lga kiritgan kurashchi qizlarimiz Toshkentga qaytishdi

Bugun Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’smirlar o’rtasida erkin, yunon-rim va ayollar kurashi bo’yicha o’tkazilayotgan jahon chempionati o’z yakuniga yetadi. Ushbu nufuzli musobaqada O’zbekiston terma jamoasi kurashchilari har uchchala yo’nalishda yurtimiz sharafini himoya qilyaptilar. Biroz avval ayollar kurashi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan O’zbekiston terma jamoasi Budapesht – Istanbul – Toshkent aviareysi bilan yurtimizga qaytib keldi. Anatoliy Ibragimov va To’ymurod Adizov murabbiyligidagi terma jamoamiz jahon chempionatida 2 ta bronza medalini qo’lga kiritdi. Xurshida Qosimova (65 kg) va Ulmeken Esenbaeva (61 kg) terma jamoamizga bronza medallarini taqdim etgan edi. Delegatsiyamiz Islom Karimov…

Ulmeken Esenbaeva Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

Ulmeken Esenbaeva Jahon chempionati sovrindoriga aylandi

Vengriya poytaxti Budapesht shahrida o’smirlar o’rtasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha jahon chempionati davom etmoqda. Ushbu nufuzli musobaqada O’zbekiston terma jamoasi kurashchilari har uchchala yo’nalishda yurtimiz sharafini himoya qilyaptilar. Ayollar kurashi bahslarida yurtimiz sharafini himoya qilgan Ulmeken Esenbaeva jahon chempionatining bronza medalini qo’lga kiritdi. 61 kg vazndagi vakilamiz o’tish bahsida xorvatiyalik Alesia Marselichni 6-0 hisobida mag’lubiyatga uchratdi. Bronza medali uchun bahsdagi raqibasi hindistonlik Nitika Nitika esa jarohati sabab gilamga chiqmadi va shu tariqa hamyurtimiz jahon chempionatining bronza medaliga sazovor bo’ldi. Bir kun avval 65 kg vaznda yurtimiz sharafini himoya…

Bugun klassiklarimiz Jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlaydilar

Bugun klassiklarimiz Jahon chempionatidagi ishtiroklarini boshlaydilar

Xabar berganimizdek, shu kunlarda Vengriya poytaxti Budapesht shahri o’smirlar o’rtasida erkin, yunon-rum va ayollar kurashi bo’yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Bugun jahon chempionatida yunon-rum kurashi bahslariga start beriladi. Olimjon Qurbonov va Baxtiyor Sayfiev murabbiyligidagi 9 nafar klassigimiz jahon chempionati medallari uchun gilamga chiqadi. Bugun 48, 55, 65, 80 va 110 kg vazn toifalarida saralash bellashuvlari bo’lib o’tadi. Bugun ishtirokini boshlaydigan kurashchilarimiz: 55 kg: 1/8 final. Navzod Ahmedov — Dimitar Georgiev (Bolgariya) 65 kg: 1/8 final. Abdulloh Eshonxo’jaev — SHalom SHalmaev (Isroil) 80 kg: 1/16 final. Abdulloh Abdumutalibov — Platon Spolianskiy…

Yunon-rum kurashi

Yunon-rum kurashi – sport turi, ikki kishi (sportchi)ning belgilangan qoidalar asosida g‘oliblik uchun olishuvi. Yunon-rum kurashi musobaqalari diametri 9 m (o‘lchami 12×12 m) sport maydonida o‘tkaziladi. Erkaklar 55, 60, 66, 74, 85, 97 va 120 kg vazn toifasida kurashadilar. Musobaqalashish vaqti 2 minutdan 3 davra, davralar orasidagi tanaffus 30 sekund. Yunon-rum kurashida erkin kurashdan farqli ravishda raqiblarning oyoq qismidan ushlab usullar bajarishiga ruxsat etilmaydi. Bajarilgan usullar 5 (sof g‘alaba), 4 (texnik ustunlik yoki chetlatish), 3 va 1 ochko bilan baholanadi. G‘olib to‘plagan ochkolariga ko‘ra aniklanadi. Agar kurashchilardan biri 5 ochkoga…

 

Yunon-rum kurashi – maqsad turli uslublar yordamida raqibni yelkaga yiqitish hisoblangan ikki sportchi orasidagi yakkakurash. Yunon-rum kurashida oyoq yordamidagi texnik harakatlar (oyoq bilan ilish, chalish) va oyoqlarni qo’llar bilan qurshab olish kabi harakatlar taqiqlanadi.

Yunon-rum kurashi UzbekSport.uz da – yunon-rum kurashidagi barcha yangiliklar, yunon-rum kurashi bo’yicha  Jahon, O’zbekiston, Yevropa chempionatlari o’zbek tilida. To’g’ridan to’g’ri translyatsiya, suratlar va videolar, natijalar.