Islomjon Bahromovni tabriklaymiz!

Islomjon Bahromovni tabriklaymiz!

Bugun yunon-rim kurashi bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi azosi Islomjon Bahromov o’z tavallud ayyomini nishonlamoqda. Islom Bahromov 1995 yil 17 iyul kuni Samarqand villoyatining Oqdaryo tumani Loyish shaharchasi «Navro’z» mahallasida dunyoga kelgan. Birinchi murabbiyi – O’rol Ziyoev. Avvaliga Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxarilari maktab-internatida, keyin O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya universitetida tahsil olgan. Aka-uka Islomjon hamda Ilhomjon Bahromovlar o’smirlar, yoshlar va hozir kattalar terma jamoasi safida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. Islomjon kattalar o’rtasida Osiyo chempioni, Islom Birdamlik o’yinlari va Yopiq inshootlardagi Osiyo o’yinlari sovrindori hisoblanadi. Ikki bor Osiyo chempionatining bronza medalini…

Sabina Sharipova Qozog’istondagi musobaqani g’alaba bilan boshladi

Sabina Sharipova Qozog'istondagi musobaqani g'alaba bilan boshladi

SHu kunlarda Qozog’istonda ITF tasnifiga kiruvchi turnir bo’lib o’tmoqda. Musobaqada mamlakatimizning birinchi raketkasi Sabina SHaripova ham ishtirok etmoqda. Biroz avval SHaripova turnirining 1/16 final bosqichida yaponiyalik Xiroko Kuvataga qarshi kortga chiqdi. Uchrashuvda Sabina raqibasini 2 setda, 6/1, 6/2 hisobida mag’lubiyatga uchratdi va 1/8 final bosqichiga yo’l oldi. 44

Xushxabar! Oksana Chusovitina Qatardagi jahon kubogida oltin medalni qo’lga kiritdi

Xushxabar! Oksana Chusovitina Qatardagi jahon kubogida oltin medalni qo'lga kiritdi

Qatarda sport gimnastikasi bo’yicha jahon kubogi bahslari o’tkazildi. Quvonarlisi, ushbu musobaqaning tayanib sakrash bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz, jahon gimnastikasi afsonasi Oksana Chusovitina 14,066 ball to’pladi va shohsupaning eng yuqori pog’onasiga ko’tarildi. Bu borada ikkinchi o’rinni Franciya vakilasi Kolin Devillard, uchinchi pog’onani esa misrlik Nensi Taman band etdi. Qo’lga kiritilgan oltin medal bilan Oksana CHusovitinani muborakbod etamiz va yaqinlashib kelayotgan Olimpiya o’yinlarida unga muvaffaqiyatlar tilaymiz. 61

(FOTO) Rolan Garros. Nadal va Jokovich o’rtasidagi o’yin biroz kutilmagan natija bilan tugadi

Jokovich Nodalni yutdi

Rolan Garros turnirida yarim final o’yinlari yakunlandi. Musobaqa yarim finali doirasida jahonning birinchi raketkasi Novak Jokovich «qumli kortlar qiroli» Rafael Nadalga qarshi kortga chiqdi.  4 soat 11 daqiqa davom etgan o’yinda 34 yoshli Jokovich 3:6, 6:3, 7:6, 6:2 hisoblarida g’alaba qozondi va finalga yo’l oldi.  Endi Jokovich finalda greciyalik Stefenos Cicipasga qarshi o’yin o’tkazadi. 62

Nik Kirgios Londonga bormaydi

Avstraliyalik tennischi Nik Kirgios Londonda bo’lib o’tadigan musobaqada ishtirok etishdan bosh tortgan. Fever-Tree Championships turniri shu haftada boshlanishi lozim edi. Tennischining bunday qarorga kelishiga oyog’idan olgan jarohati sabab bo’lgan. Uning o’rnini asosiy to’r bahslarida Felisiano Lopes egallaydi. 83

Jokovich va Nadal «Rolan Garrosning» finaliga chiqish uchun kurash olib boradi

Jokovich va Nadal Rolan Garrosning finaliga chiqish uchun kurash olib boradi

Dunyoning birinchi raketkasi serb Novak Jokovich Fransiya ochiq chempionatining chorak finalida italiyalik Matteo Berrettinini mag’lub etdi. Uchrashuv 6: 3, 6: 2, 6: 7, 7: 5 hisobi bilan yakunlandi. G’olib 10 eys qildi, bitta ikkita xato qildi, to’rtta breyk qildi. Uning raqibi 11ta uzatmani amalga oshirdi, uchta ikkita xatoga yo’l qo’ydi va 3 ta breyk-punktni o’tkazib yubordi. Yarim finalda Jokovich «Rolan Garros» ning 13 karra chempioni Rafael Nadal bilan to’qnash keladi. O’tgan yilgi musobaqada ular finalda to’qnash kelishdi, unda ispaniyalik serbiyalikni ishonchli tarzda mag’lub etdi. Bu ikki tennischining 58-uchrashuvi bo’ladi, shaxsiy…

Novak Jokovichning Rolan Garrosdagi yurishi davom etadi

Jahonning birinchi raketkasi, serbiyalik tennischi Novak Jokovich Rolan Garrosning ikkinchi davrasida reytingda 92-o’rinni egallab turgan urugvaylik Pablo Kuevasga qarshi kortga chiqdi. 2 soat 6 daqiqa davom etgan uchrashuvda Novak raqibini 6/3, 6/2, 6/4 hisobida mag’lub etdi. Sportchilarning o’zaro uchrashuvlaridagi hisob serbiyalik tennischi foydasiga 1:0. Franciya Ochiq chempionatining uchinchi davrasida Jokovich litvalik Richardas Berankis bilan to’qnash keladi. 123

Fayziev – Gruziya turniri chempioni!

Fayziev - Gruziya turniri chempioni!

Gruziyaning Tbilisi shahrida ITF tasnifiga kiruvchi M15 Tbilisi turniri o’z yakuniga etdi. Musobaqaning juftlik bahslarida final bellashuvida greciyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan tennischimiz Sanjar Fayziev gruziyalik tennischilar – Aleksandr Bakshi va Zura Tkemaladze juftligiga qarshi kortga chiqdi. Uch set davom etgan uchrashuvda Fayziev/ Kalovelonis hamkorligi mezbon tennischilarni 6/4, 3/6, tay-brekda 10/5 hisoblarida mag’lubiyatga uchratib, musobaqa chempioniga aylandi. 158

«Mo’ynoqqa madad» ekologik xayriya velomarafoni Xonoboddan start oldi

"Mo'ynoqqa madad" ekologik xayriya velomarafoni Xonoboddan start oldi

Velomarafonning dastlabki kunida ishtirokchilar 62 km masofani bosib o’tishadi. Avval xabar berganimizdek, bugun O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 30 yilligiga bag’ishlab o’tkazilayotgan “Mo’ynoqqa madad” ekologik xayriya velomarafoniga start berildi. Turizm va sport vazirligi, O’zbekiston Ekologik partiyasi, Milliy Olimpiya qo’mitasi, O’zbekiston velosiped sporti federaciyasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan hamkorlikda tashkil etilgan ekologik xayriya velomarafoni 5 iyunga qadar davom etadi. Eslatib o’tamiz, ekologik xayriya velomarafonini o’tkazishdan ko’zlangan bosh maqsad – Orolbo’yi hududida yashayotgan aholining turmush sharoitlarini yaxshilash hamda ekologik muammolarga echim topishga qaratilgan. Velomarafonga bugun soat 9:00da…

Sanjar Fayziev Gruziyada yarim finalga chiqdi

Sanjar Fayziev Gruziyada yarim finalga chiqdi

Gruziya poytaxti Tbilisi shahrida tennis bo’yicha M15 turkumidagi musobaqa davom etmoqda. Musobaqada o’zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziev juftlik bahslaridagi ishtirokini davom ettirmoqda. Greciyalik Markos Kalovelonis bilan tandem hosil qilgan tennischimiz chorak finalda mezbonlar – Davlianidze/Putcaladze juftligiga qarshi o’yin o’tkazishdi va 6:2, 7:5 hisoblarida g’alaba qozonishdi. Endi Sanjar va uning sherigi bugun final yo’llanmasi uchun musobaqada birinchi raqam ostida saralangan juftlik – Kastelnuovo/Kozbinov tandemiga qarshi bahs olib boradi. 105

 

Sportning boshqa turlari – bu UzbekSport.uz portalining alohida bo’limi bo’lib, bo’limga xech bir boshqa bo’limlarga kiritilmagan yangiliklar tushadi. Ushbu bo’limga quyidagi ko’rinishdagi ma’lumotlar tushadi – Milliy sport turlari, avto/moto sport, alpinizm, bilyard, velosport, suv sport turlari, golf, eshkak eshish, qishki sport turlari, ot sporti, yengil atletika,shaxmat, ekstremal sport turlari, yelkanli sport, suzish, o’q otish sporti, Zamonaviy beshkurash, raqs sporti, turizm, tennis, stol tennisi, sport gimnastikasi, qilichbozlik, badiiy gimnastika va boshqa sport turlari o’zbek tilida.