Hamyurtimiz Ruslan Nurudinov yangi jahon rekordini o’rnatdi

Ruslan Nurudinovog'ir atletika bo'yicha O'rta osiyo chempioni bo'ldi

Yunusobod sport majmuasida og’ir atletika bo’yicha Osiyo chempionatining erkaklar o’rtasida -109 kg vazn toifasidagi bellashuvlari o’z yakuniga etdi. Quvonarlisi, unda hamyurtlarimiz Ruslan Nurudinov oltin, Akbar Jo’raev kumush medalni qo’lga kiritdi. Takidlash joiz, dast ko’tarish mashqida xitoylik Yang CHje yurtdoshlarimizga jiddiy raqobat ko’rsatdi. Xitoylik polvon ushbu mashqda 200 kg toshni bo’y sundirib, yangi jahon rekordiga mualliflik qildi. Bu mashqda Jo’raev 194 kg, Nurudinov 188 kg natija qayd etishdi. Siltab ko’tarish mashqida oltin medal uchun ikki vakilimiz o’zaro raqobat olib borishdi. Yakunda Ruslan Nurudinov 241 kg bilan Osiyo chempionligini qo’lga kiritish qatori…

Akbar Jo’raev va Ruslan Nurudinov O’zbekiston chempionatida raqobatlashdi. Kim g’olib bo’ldi?

6-9 mart kunlari CHirchiq shahrida og’ir atletika bo’yicha kattalar o’rtasida O’zbekiston chempionati bo’lib o’tdi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga qarashli manejda bo’lib o’tgan musobaqada Respublikamizning barcha viloyatlaridan kelgan polvonlar ishtirok etishdi. Mazkur chempionatda Ruslan Nurudinov, Adhamjon Ergashev, Akbar Jo’raev, Muattar Nabieva kabi terma jamoamizning etakchi vakillari ham ishtirok etishdi. Musobaqaning eng qiziqarli bahsi +109 kg vazn toifasida kuzatildi.  Unda hozirgi kunda jamoamiz etakchilari bo’lib turgan Ruslan Nurudinov va Akbar Jo’raev raqobat olib borishdi. Qiziqarli kechgan bellashuvda yosh sportchimiz Olimpiada chempionini 12 kg farq bilan ortda qoldirdi.  G’olib va…

(video) Shvarsneggerning musobaqasida g‘olib bo‘lgan asli Rossiyada tug‘ilgan Mixail Volinkin o‘zbek tilidan faxrlanishini aytdi

O‘zbekistonlik mashhur atletlardan biri Mixail Volinkin MTV Show ko‘rsatuvining sonlaridan birida qatnashib, o‘zbek tilida gapirishdan faxrlanishini maʼlum qildi. U 1994 yilda Rossiyaning Novgorod shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 4 yoshida oilasi bilan Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumaniga ko‘chib kelgan. Oiladagi muammolar sabab, 2006-2010 yillar oralig‘ida mehribonlik uyida tarbiya ko‘rishga majbur bo‘lgan. U bodibilding bo‘yicha bir qator nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Qayd etish joizki, Volinkin o‘tgan yili Arnold Shvarsnegger nomi ostida o‘tkaziladigan Arnold Classic musobaqasida g‘olib bo‘lgandi. 102

(Foto) Armrestling. Jahon chempionatining ikkinchi kuni 7 ta medal qo’lga kiritdik, shundan 4 tasi oltin!

Ruminiyaning Konstanta shahrida armrestling bo’yicha yoshlar va kattalar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tmoqda. Musobaqada dunyoning 54 davlatidan sportchilar jahon chempionati medallari uchun kurash olib bormoqda. Ular qatorida O’zbekiston terma jamoasi armrestlingchilari ham 4 noyabrga qadar davom etadigan jahon chempionatida o’z mahoratlarini namoyish etishyapti.  Quvonarlisi, musobaqaning ikkinchi kuni ham yosh sportchilarimiz uchun omadli keldi. CHap qo’lda o’tkazilgan birinchi kungi bahslarda hamyurtlarimiz 5 ta medalga ega chiqishgan bo’lsa, kecha jahon chempionatining ikkinchi kuni o’ng qo’lda tashkil etilgan bellashuvlarda 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza, jami 7 ta medal qo’lga…

Toshkent️ Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 16 – 25 aprel kunlari yurtimiz poytaxti Toshkent shahri kattalar o’rtasida Osiyo CHempionatini qabul qiladi. Pandemiya sabab yuzaga kelgan uzoq tanaffusdan keyin qitamizning eng sara atletlari Tokio Olimpiadasi yo’llanmasi uchun kurash olib borishadi. Qayd etish lozim, ushbu musobaqada yurtimiz sharafini Rio olimpiadasi chempioni Ruslan Nurudinov ham himoya qiladi.  Bahor faslining asosiy musobaqasi Tokio Olimpiadasi yo’lida 31 davlatdan 300 dan ortiq atlet uchun oxirgi imkoniyat bo’luvchi, rasmiy musobaqaga mezbonlik qilamiz. O’zbekiston murosasiz kurash, raqobat va tariflab bo’lmas hissiyotlar vada qilayotgan turnirni qabul qiladi. 160

 

Asosiysi kuch mashqlari hisoblanadigan sport turlari: bodibilding, og’ir atletika, pauerlifting, strong, Highlanders o’yinlari, yadro surish, disk uloqtirish va nayza uloqtirish.

Kuchli sport turlari, yangiliklar, jonli translyatsiyalar, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.