(Foto) Armrestling. Jahon chempionatining ikkinchi kuni 7 ta medal qo’lga kiritdik, shundan 4 tasi oltin!

Ruminiyaning Konstanta shahrida armrestling bo’yicha yoshlar va kattalar o’rtasida jahon chempionati bo’lib o’tmoqda. Musobaqada dunyoning 54 davlatidan sportchilar jahon chempionati medallari uchun kurash olib bormoqda. Ular qatorida O’zbekiston terma jamoasi armrestlingchilari ham 4 noyabrga qadar davom etadigan jahon chempionatida o’z mahoratlarini namoyish etishyapti.  Quvonarlisi, musobaqaning ikkinchi kuni ham yosh sportchilarimiz uchun omadli keldi. CHap qo’lda o’tkazilgan birinchi kungi bahslarda hamyurtlarimiz 5 ta medalga ega chiqishgan bo’lsa, kecha jahon chempionatining ikkinchi kuni o’ng qo’lda tashkil etilgan bellashuvlarda 4 ta oltin, 2 ta kumush, 1 ta bronza, jami 7 ta medal qo’lga…

 

Armrestling – ikki ishtirokchi o’rtasidagi qo’l kurashi. Match mobaynida kurashuvchilar qo’llari tekis tekislikda (qoida bo’yicha, stol) maxkam turadi va kaftlar qulfday bir biriga bog’lanadi. Kurashuvchilarning vazifasi raqibning qo’lini yuzaga yiqitish.

Armlestling – yangiliklar, jonli translyatsiyalar, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.