O’zbekiston sportchilari bodibilding bo’yicha jahon chempionatida oltin medallar soni bo’yicha rekord o’rnatdi

O'zbekiston sportchilari bodibilding bo'yicha jahon chempionatida oltin medallar soni bo'yicha rekord o'rnatdi

4-6 oktyabr kunlari O’zbekiston tarixida birinchi marta Toshkentda bodibilding va kuch sporti turlari bo’yicha jahon chempionati bo’lib o’tdi, natijada o’zbekistonlik sportchilar 10 ta oltin medalni qo’lga kiritishdi. Osiyo Olimpiya Kengashi vitse -prezidenti Otabek Umarov ushbu voqeaga quyidagicha izoh berdi: «Toshkentda bo’lib o’tgan bodibilding bo’yicha jahon chempionati turnirga aylanib ketdi – bu haqiqiy sport bayrami edi. Va bu mening shaxsiy fikrim emas, balki sportchilar, delegatlar va musobaqa mehmonlarining yakdil fikri hamdir. WBPF rahbariyati ularning chempionatlari hech qachon Toshkentdagi kabi miqyosda o’tkazilmaganini va O’zbekiston kelgusi yillar uchun eng yuqori tashkiliy chegarani o’rnatganini,…

(video) Shvarsneggerning musobaqasida g‘olib bo‘lgan asli Rossiyada tug‘ilgan Mixail Volinkin o‘zbek tilidan faxrlanishini aytdi

O‘zbekistonlik mashhur atletlardan biri Mixail Volinkin MTV Show ko‘rsatuvining sonlaridan birida qatnashib, o‘zbek tilida gapirishdan faxrlanishini maʼlum qildi. U 1994 yilda Rossiyaning Novgorod shahrida tug‘ilgan bo‘lib, 4 yoshida oilasi bilan Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumaniga ko‘chib kelgan. Oiladagi muammolar sabab, 2006-2010 yillar oralig‘ida mehribonlik uyida tarbiya ko‘rishga majbur bo‘lgan. U bodibilding bo‘yicha bir qator nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan. Qayd etish joizki, Volinkin o‘tgan yili Arnold Shvarsnegger nomi ostida o‘tkaziladigan Arnold Classic musobaqasida g‘olib bo‘lgandi. 407

 

Bodibilding – sport turi. Vazn mashg’ulotlari yordamida sportchi tanasining sifati va estetikasini saqlab qolgan holda, mushak massalarini o’stirish va rivojlantirish jarayoni.

Bodibilding, yangiliklar, jonli translyatsiyalar, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.