Endi yurtimizda sohil voleyboli ham rivojlanar ekan

Endi yurtimizda sohil voleyboli ham rivojlanar ekan

Shu maqsadda Navoiy shahrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi. Shu kunlarda Navoiyda voleybol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Ikki karra Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, xizmat ko‘rsatgan sportchi Vera Duyunova xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan turnirda qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda mamlakatimiz qizlar jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti. Maʼlumki, so‘nggi yillarda dunyoda sohil voleyboli rivojlanib bormoqda. Yurtimizga esa ushbu sport turi endi kirib kelayapti. Navoiydagi xalqaro turnir doirasida sohil voleybolini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar ham tashkil etildi. Sohil voleyboli bo‘yicha Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Kovalyov…

Navoiyda O’zbekiston chempionati boshlandi, ishtirokchilar orasida Milliy gvardiya jamoasi ham bor

Navoiy Olimpiya zaxiralari kollejida bo’lib o’tayotgan bahslarda bir qator yangi jamoalar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Toshkent davlat transport universitetining “Transportchilar” jamoalari musobaqada debyut qilishyapti. Biroq, so’nggi yillarda mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biriga aylangan, xususan OTMK, “O’ztelekom” kabi nomdor klublarimizga munosib raqobat taqdim etayotgan “Orient” jamoasining bu yilgi chempionatda ishtirok etmayotgani ko’ngilni xira qiladi. 29-bor o’tkazilayotgan mamlakat chempionatida quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda: “Jizzax davlat pedagogika instituti-Ziyokor” (Jizzax), Qo’qon davlat pedagogika instituti (Qo’qon), Qoraqalpog’iston Respublikasi (Nukus), Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati (Olmaliq), “Navoiy davlat pedagogika instituti-Olimp” (Navoiy), Mudofaa…

Yevgeniy Popixin: Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik (video)

Kecha Petrov kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan «Zvezda» va «Humo» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda toshkentliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdan so‘ng «qanotlilar» ustozi Yevgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik. Yaxshi gollar kiritdik va shuning evaziga g‘alaba qozondik. Bugun g‘alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Yigitlar ajoyib harakat qilishdi. O‘yinning oxirida albatta, og‘ir vaziyatlar yuzaga keldi. Kichik jarima olingan vaqtda raqib olti xokkeychi bilan harakatlandi. Shunga qaramay, biz himoyada turib bera oldik va g‘alaba qozondik«, – dedi Popixin. 37

Bahor fasli voleybol musobaqalari bilan boshlanadi

Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasi voleybol bo’yicha ayollar jamoalari o’rtasida XXVIII O’zbekiston chempionatining 1-tur o’yinlariga mezbonlik qiladi. Bugun Andijon shahrida voleybol bo’yicha oliy liga ayollar jamoalari o’rtasida XXVIII O’zbekiston chempionatining 1-tur o’yinlariga start beriladi. Musobaqa Andijon davlat tibbiyot instituti sport majmuasida o’tkaziladi. Joriy yilgi O’zbekiston chempionati bahslarida ham odatdagi jamoalar, yani amaldagi chempion O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF, Nukus davlat pedagogika instituti, «To’maris» (Namangan), «Andijon», «Ishonch» (Farg’ona) kabi o’ndan ortiq jamoa qatnashishi kutilmoqda. Bu boradagi yakuniy savollarga ertaga bo’ladigan mandat komissiyasi orqali javob olinadi. Bahorning ilk…

Voleybol: O’zDJTSU qizlari O’zbekiston kubogini qo’lga kiritdi

Jizzax shahrida voleybol bo’yicha ayollar o’rtasida XXII O’zbekiston kubogi musobaqasi o’tkazildi. Bu yilgi musobaqada 11ta jamoa ikki guruhga bo’lingan holda g’oliblik uchun bahslarga kirishgan edi. Qizg’in va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko’ra ikkita oliygoh talabalari o’z guruhlarida g’oliblikni qo’lga kiritishdi. “A” guruhida O’zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining SKUF jamoasi barcha o’yinlarda 3-0 hisobida ishonchli g’alabaga erishgan bo’lsa, “B” guruhida Nukus davlat pedagogika instituti talabalari ham barcha o’yinlarni o’z foydasiga hal qilishdi. Faqat, ular kutilmaganda guruh autsayderlaridan biri “Ishonch” (Farg’ona) jamoasiga qarshi o’yinda ikkita partiyani boy berishdi, biroq yakunda…

 

O’yin sport turlari – qo’yilgan vaqt mobaynida muayyan o’yin harakatlari (gol yoki zarba) miqdori bo’yicha ustuvorlikka erishish yoki ma’lum harakatlarni bajarishga qaratilgan sport turlari.

O’yin sport turlari, yangiliklar, to’g’ridan to’g’ri translyatsiya, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.