Endi yurtimizda sohil voleyboli ham rivojlanar ekan

Endi yurtimizda sohil voleyboli ham rivojlanar ekan

Shu maqsadda Navoiy shahrida xorijlik mutaxassislar ishtirokida seminar tashkil etildi. Shu kunlarda Navoiyda voleybol bo‘yicha 17 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida xalqaro turnir o‘tkazilmoqda. Ikki karra Olimpiada o‘yinlari g‘olibi, xizmat ko‘rsatgan sportchi Vera Duyunova xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan turnirda qo‘shni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston hamda mamlakatimiz qizlar jamoalari g‘oliblik uchun bahs olib borishyapti. Maʼlumki, so‘nggi yillarda dunyoda sohil voleyboli rivojlanib bormoqda. Yurtimizga esa ushbu sport turi endi kirib kelayapti. Navoiydagi xalqaro turnir doirasida sohil voleybolini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv-amaliy seminar ham tashkil etildi. Sohil voleyboli bo‘yicha Qozog‘iston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi Dmitriy Kovalyov…

Navoiyda O’zbekiston chempionati boshlandi, ishtirokchilar orasida Milliy gvardiya jamoasi ham bor

Navoiy Olimpiya zaxiralari kollejida bo’lib o’tayotgan bahslarda bir qator yangi jamoalar ham ishtirok etishmoqda. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi hamda Toshkent davlat transport universitetining “Transportchilar” jamoalari musobaqada debyut qilishyapti. Biroq, so’nggi yillarda mamlakatimizning etakchi jamoalaridan biriga aylangan, xususan OTMK, “O’ztelekom” kabi nomdor klublarimizga munosib raqobat taqdim etayotgan “Orient” jamoasining bu yilgi chempionatda ishtirok etmayotgani ko’ngilni xira qiladi. 29-bor o’tkazilayotgan mamlakat chempionatida quyidagi jamoalar ishtirok etmoqda: “Jizzax davlat pedagogika instituti-Ziyokor” (Jizzax), Qo’qon davlat pedagogika instituti (Qo’qon), Qoraqalpog’iston Respublikasi (Nukus), Olmaliq tog’-metallurgiya kombinati (Olmaliq), “Navoiy davlat pedagogika instituti-Olimp” (Navoiy), Mudofaa…

 

Voleybol – olimpiya sport turi, o’yinning  maqsadi , to’pni raqibning maydoniga shu tarzda yo’llash kerakki, to’p raqib maydoni o’rtasiga tushishi kerak, yoki raqib jamoa ishtirokchilari xato qilishiga erishishdan iborat.

O’zbekiston va Jahon voleyboli haqida so’nggi yangiliklar, taxlillar, intervyu, statistika, foto va videolar o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida. Bugungi kundagi O’zbek va Jahon voleyboli haqidagi eng dolzarb yangiliklar.