«Humo Arena»da xokkey mavsumi start oldi

"Humo Arena"da xokkey mavsumi start oldi

Qisqa tanaffusdan so’ng poytaxtimizda yana yangi xokkey mavsumi boshlandi. Muhtasham “Humo Arena” muz saroyida “Toshkent” hamda “Snejniy bars” bolalar xokkey klublari o’rtasida o’rtoqlik uchrashuvi bo’lib o’tdi. 9-10, 11-12 yoshlilar ishtirokida 2 ta uchrashuv o’tkazildi. Har ikkala o’yinda ham “Toshkent” klubi xokkeychilarining qo’li baland keldi: 6:4, 6:1. Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan “Humo”, “Binokor”, “Semurg’”, “Toshkent”, “Snejniy bars” bolalar xokkey klublari o’rtasida uchrashuvlar o’tkazish anana tusini olgan. Bu esa bolalar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, sportni, xokkeyni ommaviylashtirishda katta ahamiyat kasb etmoqda. 95

Yevgeniy Popixin: Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik (video)

Kecha Petrov kubogi chorak final bosqichidan o‘rin olgan «Zvezda» va «Humo» jamoalari o‘rtasidagi ikkinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi. Unda toshkentliklar 3:2 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Bellashuvdan so‘ng «qanotlilar» ustozi Yevgeniy Popixin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. «Ikkinchi davrda tashabbusni qo‘lga oldik. Yaxshi gollar kiritdik va shuning evaziga g‘alaba qozondik. Bugun g‘alaba qozonishni maqsad qilgan edik. Yigitlar ajoyib harakat qilishdi. O‘yinning oxirida albatta, og‘ir vaziyatlar yuzaga keldi. Kichik jarima olingan vaqtda raqib olti xokkeychi bilan harakatlandi. Shunga qaramay, biz himoyada turib bera oldik va g‘alaba qozondik«, – dedi Popixin. 107

 

Xokkey haqidagi barcha yangiliklar: transferlar,turnir jadvalari, xokkey matchlarining to’g’ridan to’g’ri translyatsiyalari, natijalar, urushlar, video, suratlar. Bugungi kundagi o’zbek va jahon xokkeyi haqidagi eng dolzarb yangiliklar.

Maqolalar, mutaxassislar taxlillari, o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.