Qozon «Katta Dubulg’a»da bugun og’ir vaznli dzyudochilarimiz tatamiga chiqadi

"Katta Dubulg'a"da bugun og'ir vaznli dzyudochilarimiz tatamiga chiqadi

Bugun Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turnirining so’nggi uchinchi kuni. Bugun og’ir vazn toifasidagi bahslar tashkil etiladi. Erkaklar -90, -100, +100 kg, ayollar esa -78 va +78 kg vazn toifalarida musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo’lidagi qimmatli reyting ochkolari uchun tatamiga chiqadi. Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz: -90 kg vazn toifasi SHermuhammad Jandriev – Iyal Le Biu (Kongo Demokratik Respublikasi) ikkinchi davra Doston Meyliev – Mattias Kuusik (Estoniya) birinchi davra -100 kg vazn toifasi Muhammadkarim Hurramov – Boris Georgiev (Bolgariya) birinchi davra +100 kg vazn toifasi Alisher…

Qozon «Katta Dubulg’a»da ikkinchi kunni ham medalsiz yakunladik

Qozon "Katta Dubulg'a" ikkinchi kunni ham medalsiz yakunladik

Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnirning ikkinchi kungi bahslari ham dzyudochilarimiz uchun omadsiz keldi. Bugun o’rta vazn toifasidagi dzyudochilarimiz musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo’lidagi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishdi. Bugungi belashuvlarda 4 nafar dzyudochimiz o’z omadini sinab ko’rdi. Ulardan eng yaxshi natijaga tajribali dzyudochimiz G’iyosjon Boboev erishdi. Ilk davrada reyting peshqadami, isroillik jahon chempioni Sagi Mukini mag’lubiyatga uchratgan Boboev nimchorak finalda Puero-Riko vakili Adrian Gandiaga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Takidlash joiz, O’zbekiston terma jamoasi Qozon «Katta Dubulg’a» turnirida asosan yosh tarkibi bilan ishtirok…

Bugun Qozon «Katta Dubulg’a» turnirida 4 dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Bugun Qozon "Katta Dubulg'a" turnirida 4 dzyudochimizga muxlislik qilamiz

Rossiyaning Qozon shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnirning bugun ikkinchi kungi bahslari o’tkaziladi. Bugun o’rta vazn toifasidagi dzyudochilar musobaqa medallari hamda Tokio Olimpiadasi yo’lidagi reyting ochkolari uchun tatamiga chiqishadi. Bugungi belashuvlarda 4 nafar dzyudochimiz o’z omadini sinab ko’radi. Ular orasida G’iyosjon Boboev ilk uchrashuvidayoq jiddiy raqib, reyting peshqadami isroillik Sagi Muki bilan to’qnash keladi. Sagini vazn etakchimiz SHarofiddin Boltaboev qanday mag’lub etganini unutmagan bo’lsangiz kerak. Bugun tatamiga chiquvchi dzyudochilarimiz: -73 kg vazn toifasi Jaloliddin Boynazarov – Somon Mahamadbekov (Tojikiston) ikkinchi davra -81 kg vazn toifasi G’iyosjon…

Ofarin! G’iyosjon Boboev jahon chempionini mag’lub etdi

G'iyosjon Boboev jahon chempionini mag'lub etdi

Qozon «Katta Dubulg’a» turnirining -81 kg vazn toifasidagi bahslarida ishtirok etayotgan ikkinchi vakilimiz G’iyosjon Boboev tajribali raqibini engishga muvaffaq bo’ldi. Boboev reyting etakchisi, jahon chempioni, ikki karra Evropa chempioni isroillik Sagi Mukini ikkinchi davra bellashuvida shido ogohlantirishlari evaziga taslim etdi. Boboevning uchinchi bosqichdagi raqibi Puerto-Riko dzyudochisi Adrian Gandia bo’ladi. 47

Bugungi ishtirokimizni Suhrob Tursunov boshlab berdi

Qozon shahrida "Katta Dubulg'a" turnirining ikkinchi kungi bahslari boshlandi

Hozirgina Rossiyaning Qozon shahrida «Katta Dubulg’a» turnirining ikkinchi kungi bahslari boshlandi. Hamyurtlarimizning bugungi ishtirokini -81 kg vazn toifasidagi dzyudochimiz Suhrob Tursunov boshlab berdi. Tursunov birinchi davrada italiyalik Antonio Espozitoga qarshi tatamiga chiqdi va bellashuv yakunlanishiga etti soniya qolgan bir paytda Evropa chempionati sovrindori tomonidan amalga oshirilgan vazari bahosi evaziga imkoniyatni boy berdi. 34

Qozon «Katta Dubulg’a» turnirining birinchi kun qahramonlari

Qozon "Katta Dubulg'a" turnirining birinchi kun qahramonlari

Qozon shahrida o’tkazilayotgan «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kuni yaponiyalik dzyudochilarga ataldi. Dzyudo vatani vakillari beshta vazn toifasining ikkitasida oltin medalni qo’lga kiritishdi. Qolgan 3 ta oltin medal Rossiya, Gruziya va Franciya dzyudochilariga nasib etdi. Birinchi kun qahramonlari: AYOLLAR -48 kg vazn toifasi Funa Tonaki (Yaponiya) Irina Dolgova (Rossiya) Irena Xubulova (Rossiya) Francheska Milani (Italiya) -52 vazn toifasi Yuta Abe (Yaponiya) Astride Gneto (Franciya) Ana Perez (Ispaniya) Evelin Tshop (SHveycariya) -57 kg vazn toifasi Xelene Resivo (Franciya) Darya Mejetskaya (Rossiya) Marika Perishich (Serbiya) Tereza Stoll (Germaniya) ERKAKLAR -60 kg…

SHarofiddin 1/4 finalda, ikki Dilshod esa imkoniyatlarini boy berishdi

SHarofiddin 1/4 finaliga chiqdi

Qozon shahrida dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi saralash bellashuvlari davom etmoqda. O’zbekistonlik dzyudochilarning ushbu musobaqadagi ishtirokini g’alaba bilan boshlagan SHarofiddin Lutfullaev chorak final ishtirokchisiga aylandi. -60 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz ikkinchi bosqichda qozog’istonlik Baurjan Narbaevni mag’lubiyatga uchratdi. SHarofiddinning yarim final chiptasi uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi rossiyalik Ramazan Abdullaev bo’ladi. Afsuski, Dilshodbek Baratov va Dilshodbek Yo’ldoshev ikkinchi bosqich uchrashuvlarida mos ravishda rossiyalik tajribali dzyudochilar – Robert Mshvidobadze hamda Aram Grigoryanga imkoniyatni boy berib, musobaqadagi ishtiroklarini yakunlashdi. Ammo, umumiy taassurot yomon bo’lmadi. 56

Vladimir Putin: «Rossiya dzyudoga, uning noyob tarixi va falsafasiga doimo katta qiziqish bilan qaragan»

Vladimir Putin dzyudo bo'yicha erkaklar va ayollar o'rtasida "Katta Dubulg'a" xalqaro turniri ishtirokchilari, tashkilotchilari va mehmonlarini qutladi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dzyudo bo’yicha erkaklar va ayollar o’rtasida «Katta Dubulg’a» xalqaro turniri ishtirokchilari, tashkilotchilari va mehmonlarini qutladi. Sizlarni dzyudo bo’yicha Qozon shahrida erkaklar va ayollar o’rtasida o’tkazilgan «Grand Slam» xalqaro turniri ochilishi munosabati bilan qutlayman. Bunday nufuzli musobaqani o’tkazish sharafi Rossiyaga to’g’ri keldi. Mamlakatimizda ushbu ajoyib, dinamik sport turiga, uning betakror tarixi va falsafasiga doimo katta qiziqish bo’lgan. Ishonchim komilki, ushbu turnir keng miqyosli, muhim voqea bo’lib, mutaxassislar va dzyudoning ko’plab muxlislari e’tiborini jalb qiladi. Bundan tashqari, xalqaro sport taqvimida «Katta dubulg’a» Tokioda bo’lib o’tadigan XXXII Olimpiada o’yinlari…

Dilshodbek Baratov chiroyli ippon evaziga Bestaevni engdi

Qozon turnirining -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida qatnashayotgan ikkinchi dzyudochimiz ham o'z ishtirokini g'alaba bilan boshladi

Qozon turnirining -60 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida qatnashayotgan ikkinchi dzyudochimiz ham o’z ishtirokini g’alaba bilan boshladi. Istedodli dzyudochimiz Dilshodbek Baratov birinchi davra bellashuvida qirg’izistonlik tajribali raqib Ottar Bestaevni chiroyli ippon bahosi bilan mag’lubiyatga uchratdi. Baratovning ikkinchi bosqichdagi raqibi jahon chempionatining kumush medali sovrindori, reyting etakchisi, rossiyalik Robert Mshvidobadze bo’ladi. 44

SHarofiddin Lutfullaev g’alaba bilan boshladi

SHarofiddin Lutfullaev g'alaba bilan boshladi

Tatariston markazi Qozon shahrida dzyudo bo’yicha «Katta Dubulg’a» turkumiga kiruvchi turnirning birinchi kungi saralash bellashuvlari davom etmoqda. O’zbekistonlik dzyudochilarning ushbu musobaqadagi ishtirokini SHarofiddin Lutfullaev boshlab berdi. -60 kg vazn toifasidagi tajribali dzyudochimiz ilk davrada quvaytlik Meshal Alalini ogohlantirishlar evaziga mag’lubiyatga uchratdi. Uning ikkinchi davradagi raqibi birozdan so’ng malum bo’ladi. 41

 

Yakkakurash – raqiblar yakkama yakka kurashga tushadigan sport intizomlari. Bu yerda maqsad – o’rnatilgan qoidalar asosida uslublar yordamida raqibga jismoniy zarar yetkazish yoki uning xolatini yomonlashtirish, shu bilan birga o’zi bilan bunday xarakat qilinishiga yo’l qo’ymaslikdan iborat.

Yakkakurash, yangiliklar, to’g’ridan to’g’ri translyatsiya, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.