Rio -2016 sovrindori Diyorbek O’rozboevdan doping aniqlandi

Rio -2016 sovrindori Diyorbek O'rozboevdan doping aniqlandi

O’zbekiston terma jamoasi dzyudochisi uch yilga diskvalifikatsiya qilindi. Dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi a’zosi, 2016 yil Rio -de -Janeyro Olimpiadasi sovrindori, Osiyo o’yinlari g’olibi, Osiyo chempionatining kumush medali sohibi Diyorbek O’rozboev taqiqlangan moddalarni ishlatgani uchun 3 yilga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda antidoping agentligi matbuot xizmati xabar berdi.Tahlil natijalariga ko’ra, sportchi Jahon antidoping kodeksi va O’zbekiston milliy antidoping qoidalarini buzgan holda taqiqlangan «meldoniy» moddasini ishlatgani aniqlandi.Natijada, Diyorbek O’rozboev 3 yilga musobaqada qatnashishdan chetlashtirildi. Diskvalifikatsiya 2021 yil 16 avgustdan 2024 yil 15 avgustgacha rejalashtirilgan. Musobaqada qatnashmaslik muddati tugagunga qadar, dzyudochi Jahon antidoping…

Dzyudo bo’yicha Rossiya terma jamoasi o’smirlar o’rtasidagi jahon chempionatining medallar ro’yxatida ikkinchi o’rinni egalladi

Dzyudo bo'yicha Rossiya terma jamoasi o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatining medallar ro'yxatida ikkinchi o'rinni egalladi

Italiyada dzyudo bo’yicha o’smirlar (20 yoshgacha bo’lgan sportchilar) o’rtasidagi jahon chempionati yakunlandi. Rossiya terma jamoasi musobaqada oltita medalni qo’lga kiritdi – har bir bahoga ikkita mukofot. Medallar jadvalida rossiyaliklar ikkinchi o’rinni egallashdi. Birinchisi-Gruziya jamoasi (4-0-1), kuchli uchlikni Frantsiya yopdi (2-0-5). E’tibor bering, Rossiya terma jamoasi aralash jamoada finalda frantsuzlarga yutqazdi. 57

O’tkirbek To’raboev kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi

O'tkirbek To'raboev kechki dasturda bronza medali uchun tatamiga chiqadi

Jahon chempionatining -100 kg vazn toifasidagi bellashuvlarida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan dzyudochimiz O’tkirbek To’raboev bronza medali yo’lidagi o’tish bahsida tatamiga chiqdi. CHorak finalda rossiyalik Matvey Kanikovkiyga yutqazib qo’ygan To’raboev bronza medali yo’lidagi qiyin kechgan uchrashuvda gruziyalik Mixail Japaridzeni qo’shimcha bo’limda mag’lubiyatga uchratdi. Uning bronza medali uchun kechadigan bellashuvdagi raqibi yarim finalda mag’lubiyatga uchragan dzyudochi bo’ladi. 61

O’tkirbek To’raboev jahon chempionatining chorak finaliga yo’l oldi

O'tkirbek To'raboev jahon chempionatining chorak finaliga yo'l oldi

Jahon chempionatida -100 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan umidli dzyudochimiz O’tkirbek To’raboev chorak final ishtirokchisiga aylandi. To’raboev avvalida birinchi davrada slovakiyalik Benjamin Mataseydan ustun keldi. Ikkinchi bosqichda esa kanadalik Yan Riderni ham mag’lubiyatga uchratdi. Endi u chorak finalda rossiyalik Matvey Kanikovkiyga qarshi tatamiga chiqadi. 67

Tojikiston Prezidenti Kubogi. Bugun 5 nafar Вdzyudochimiz tatamiga chiqadi

Tojikiston Prezidenti Kubogi. Bugun 5 nafar Вdzyudochimiz tatamiga chiqadi

Dushanbe shahrida dzyudo bo’yicha Tojikiston Prezidenti Kubogi uchun xalqaro musobaqa bo’lib o’tmoqda. Bugun musobaqaning so’nggi kuni -90 va +90 kg vazn toifalarida bellashuvlar tashkil etiladi. Bugungi bahslarda besh nafar dzyudochimizga muxlislik qilamiz.  Qura natijalari: -90 kg vazn toifasi (22 ishtirokchi) Azizbek Avazmurodov – Rajabali Mahmadiev (Tojikiston) SHermuhammad Jandreev – Sabrulloh Hikmatullaev (Tojikiston) Doston Meyliev – Karomatullo Hakimov (Tojikiston)   +90 kg vazn toifasi (22 ishtirokchi) Bekmurod Oltiboev – Nekruz Nekbaxtzoda (Tojikiston) SHohruhxon Baxtiyorov – Mehrob Tag’oymurodov (Tojikiston) 136

Toshkentda dzyudo bo’yicha jahon chempioni pichoqlab o’ldirildi

Toshkentda dzyudo bo'yicha jahon chempioni pichoqlab o'ldirildi

Voqea 13 sentyabr kuni soat 21:30 da Toshkent shahrining Uchtepa tumanida sodir bo’lgan. Toshkentda dzyudo bo’yicha qashqadaryolik 29 yoshli jahon chempioni Kamoliddin Rasulovni boshqa sportchi pichoqlab o’ldirdi, deb yozadi Daryo. Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayet Shamsutdinovning xabar berishicha, voqea 13 sentyabr kuni soat 21:30 da Toshkentning Uchtepa tumanida sodir bo’lgan. 13 sentyabr 21:30 da 30 yoshli fuqaro Sh.T. Kamoliddin Rasulovga qo‘ng‘iroq qilib, undan tavsiyanomadan sotib olgan Humo Trop vitaminini qabul qilish natijasida uning sog‘lig‘i yomonlashganini aytdi. Qayd etilishicha, shifokorlar uning kasalligi davolanmasligini aytishgan. Keyinchalik yigitlar Uchtepa tumanining 14 -kvartalida uchrashishga…

Dzyudochilarning ayni paytdagi jahon reytingi qanday?

Dzyudochilarning ayni paytdagi jahon reytingi qanday?

Olimpiya o’yinlaridan so’ng bir qator sport turlarida bo’lgani kabi dzyudo bahslarida ham tanaffus bo’lib turibdi. Yana bir necha haftadan so’ng musobaqalar boshlanadi. Tabiiyki, Tokio-2020 Olimpiya o’yinlarida yakunida har bir vazn toifasida qator o’zgarishlar ro’y berdi. Hamyurtlarimiz orasida 2 nafari SHarofiddin Boltaboev (-81 kg) va Davlat Bobonov (-90 kg) uchinchi o’rindan joy olishgan. -60 kg: Yago Abuladze (Rossiya) – 5191 ochko Kemran Nurillaev – 2019 ochko -66 kg: An Baul (Janubiy Koreya) – 5603 ochko Sardor Nurullaev – 3744 ochko -73 kg: Lasha SHavdatuashvili (Gruziya) – 5175 ochko Hikmatilloh To’raev –…

Qozon zabt etildi. Dzyudo bo’yicha O’zbekiston yoshlari MDH o’yinlari g’olibi!

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o'tkazilayotgan birinchi MDH o'yinlarining dzyudo musobaqasi jamoalar o'rtasidagi bellashuvlar bilan o'z yakuniga etdi.

Rossiya Federatsiyasining Qozon shahrida o’tkazilayotgan birinchi MDH o’yinlarining dzyudo musobaqasi jamoalar o’rtasidagi bellashuvlar bilan o’z yakuniga etdi. Xabar berganimizdek, ushbu musobaqada Hamdo’stlikning 6 davlat terma jamoalari medallar uchun tatamiga chiqishdi. Yarim finalda MDH o’yinlari mezboni – Rossiyani 5:2 hisobida mag’lub etgan dzyudochilarimiz oltin medal uchun kechgan hal qiluvchi uchrashuvda Ozarbayjon terma jamoasidan ham ustun kelishdi – 5:3!  Ozarbayjon kumush, Rossiya va Qozog’iston terma jamoalari bronza medallari bilan taqdirlanishdi. Jamoaviy bahslarda chempionlik shohsupasiga ko’tarilgan dzyudochilarimiz O’zbekiston sport delegatsiyasiga umumiy hisobdagi 22-oltin medalni taqdim etishdi.         301

Bugun dzyudochilarimiz MDH o’yinlaridagi ishtiroklarini boshlaydilar (Qura natijalari)

Bugun dzyudochilarimiz MDH o'yinlaridagi ishtiroklarini boshlaydilar (Qura natijalari)

Rossiya Federaciyasining Qozon shahri birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo’stlik o’yinlariga mezbonlik qilmoqda. Bugun musobaqaning oltinchi kungi bahslari doirasida dzyudo bo’yicha O’zbekiston terma jamoasi medallar uchun kurashga kirishadi. «Ak Bars» yakkakurash markazida kechadigan dzyudo musobaqasida 9 davlatning jami 114 nafar ishtirokchisiga tatamiga chiqadi. Ular qatorida Ulug’bek Azizov va Kamol Murodov murabbiyligidagi O’zbekiston terma jamoasining 17 nafar dzyudochisi ham o’z imkoniyatini sinovdan o’tkazadi. Qura natijalari: Qizlar -48 kg: Xalimajon Qurbonova (bahslar aylana tarzda o’tadi) -52 kg: Yuliana Maksetbaeva – Sabina Alieva (Ozarbayjon) -57 kg: SHukurjon Aminova – Saule Almazova (Qirg’iziston) -63 kg: Farangiz…

Mudofaa vaziri Kubogida xorazmlik dzyudochilar birinchi bo’lishdi

Mudofaa vaziri Kubogida xorazmlik dzyudochilar birinchi bo'lishdi

Ikki kun davomida poytaxtimizdagi MHSK sport saroyida dzyudo bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri Kubogi uchun musobaqa o’tkazildi. Qoraqalpog’iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jam bo’lgan 2001-2002 yillarda tug’ilgan jami 200 nafardan ziyod yarim professional dzyudochilar 14 ta vazn toifasida medallar uchun bahs olib borishdi. Yakunda Xorazm viloyati terma jamoasi (qizlar va o’g’il bolalar umumiy) medallar jamg’arish bo’yicha umumjamoa hisobida birinchi o’rinni egallashdi. Vohalik dzyudochilar 4 ta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo’lga kiritishdi. Toshkent viloyati jamoasi 3 ta oltin, 2 ta kumush, 2 ta bronza medali…

 

Dzyudo – bu Yaponiyada yaralgan va rivojlangan  jang san’ati. Sport yakkakurashining bir turi bo’lib unda xech qanday qurolsiz shug’ullaniladi.

Dzyudo, yangiliklar, jonli translyatsiyalar, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.