Ziyoda Isoqova bronza medali uchun dayanga chiqadi

Ziyoda Isoqova bronza medali uchun dayanga chiqadi

Bundan biroz avval para taekvondo bo’yicha ayollar o’rtasida -49 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Ziyoda Isoqova yarim final jangini o’tkazdi. Vakilimizga final ostonasida perulik Leanor Espinoza raqiblik qildi. Afsuski, hamyurtimiz ushbu bahsda 17:7 hisobida mag’lub bo’ldi. Endi Ziyoda Isoqova bronza medali uchun dayanga chiqadi. Ushbu bahs bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da boshlanadi. 109

Zuhriddin Tohirov fransiyalik raqibiga qarshi jang o’tkazdi

Zuhriddin Tohirov fransiyalik raqibiga qarshi jang o'tkazdi

Hozirgina para taekvondo bo’yicha -61 kg vazn toifasida qatnashayotgan vakilimiz Zuhriddin Tohirov bronza medali uchun o’tish bahsida franciyalik Bofa Kongga qarshi dayanga chiqdi. Afsuski, murosasiz kechgan bahsda vakilimiz 37:24 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi yurishini to’xtatdi. Eslatib o’tamiz, yana bir necha daqiqalardan so’ng ayollar o’rtasida -49 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Ziyoda Isoqova yarim final jangini o’tkazadi. 83

Ziyodaxon Isoqova yarim finalda!

Ziyodaxon Isoqova yarim finalda!

Paralimpiya musobaqasining para taekvondo bahslarida yarim final ishtirokchilari malum bo’ldi. Para taekvondo bo’yicha ayollar o’rtasida -49 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova chorak finalda mo’g’ulistonlik Enxtuya Xurelbaatarga qarshi dayanga chiqdi. Murosasiz kechgan bahs 13:11 hisobida hamyurtimiz foydasiga hal bo’ldi. Endi Isoqova yarim finalda kurashni davom ettiradi. 121

Para taekvondo: Zuhriddin Tohirov ilk jangini o’tkazdi

Para taekvondo: Zuhriddin Tohirov ilk jangini o'tkazdi

Bugun Paralimpiya o’yinlarining para taekvondo musobaqasida ishtirok etayotgan yurtdoshlarimizdan medal kutyapmiz. Hozirgina para taekvondo bo’yicha erkaklar o’rtasida -61 kg vazn toifasida hamyurtimiz Zuhriddin Tohirov 1/16 finalda italiyalik Antonino Bossologa qarshi dayanga chiqdi. Afsuski, ushbu bellashuvda sportchimiz 30:64 hisobida mag’lub bo’ldi. Endi Zuhriddin bronza medali uchun o’tish bahsida kurashni davom ettiradi. 101

Para taekvondo: Ziyodaxon Isoqova musobaqani g’alaba bilan boshladi!

Para taekvondo: Ziyodaxon Isoqova musobaqani g'alaba bilan boshladi!

Bugun Tokio-2020 Paralimpiya o’yinlarining para taekvondo bahslari ham start oldi. Bundan biroz avval para taekvondo bo’yicha ayollar o’rtasida -49 kg vazn toifasida hamyurtimiz Ziyodaxon Isoqova 1/16 finalda afg’onistonlik Zakiya Xudadadiga qarshi dayanga chiqdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan uchrashuv 17:12 hisobida bizning sportchimiz foydasiga hal bo’ldi. Endi Isoqova 1/8 finalda kurashni davom ettiradi. 83

Ulug’bek Rashitov: Maqsadim – ikki karra Olimpiada chempioni bo’lish!

Ulug'bek Rashitov: Maqsadim - ikki karra Olimpiada chempioni bo'lish!

Tokio Olimpiadasi chempioni Ulug’bek Rashitov «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlanganidan xabaringiz bor. CHempion buning uchun davlatimiz rahbariga minnatdorchilik izhor qildi. «Muhtaram Prezidentimizga sportga shu qadar ko’p vaqt ajratayotgalari uchun katta rahmat aytmoqchiman. SHu tufayli biz sportchilarda barcha sharoitlar bor va xalqaro musobaqalarda g’olib bo’lish uchun barcha imkoniyat mavjud. Davlatimiz rahbari tomonidan «O’zbekiston iftixori» faxriy unvoni berilishi men uchun katta sharaf. Prezidentimizning qo’llab-quvvatlashi bilan har qanday marralarni zabt eta olamiz. Men O’zbekiston bayrog’ini yuqoriga ko’tarishga, madhiyamiz yangrashiga va xalqimizni xursand qilish uchun borimni beraman. Tokiodagi Olimpiadadan keyin O’zbekistonga qaytib kelganimizda…

Tokio-2020. Taekvondo bo’yicha barcha sovrindorlar ma’lum

Tokio-2020. Taekvondo bo'yicha barcha sovrindorlar ma'lum

Tokiodagi Olimpiadada taekvondo musobaqalari o’z yakuniga etdi. Unda -68kg vazn toifasida o’zbekistonlik Ulug’bek Rashitov barcha raqiblarini mag’lub etib oltin medalni qo’lga kiritganidan xabardorsiz. Quyida bu yilgi Olimpiya o’yinlarida taekvondo bo’yicha barcha sovrindorlar bilan tanishing: Ayollar -49kg Oltin – Panipak Vongpattanakit (Tailand) Kumush – Adriana Serezo (Ispaniya) Bronza – Avishag Semberg (Isroil) Bronza – Tijana Bogdanovich (Serbiya) -57kg Oltin – Anastasiya Zolotich (AQSH) Kumush – Tatyana Minina (Rossiya) Bronza – Lo CHia Ling (Xitoy Taypei) Bronza – Xadicha Kubra Ilgun (Turkiya) -67kg Oltin – Matea Yelich (Xorvatiya) Kumush – Lauren Uilyams…

Nikita Rafalovich bronza uchun kurashda mag’lub bo’ldi

Nikita Rafalovich bronza uchun kurashda mag'lub bo'ldi

Tokio Olimpiadasida -80 kg vazn toifasida taekvondochimiz Nikita Rafalovich bronza uchun bahsda xorvatiyalik Toni Kanayotga qarshi kurash qildi. Afsuski, unda Nikita 18:24 hisobi bilan mag’lub bo’ldi. Kecha Ulug’bek Rashitov olimpiada chempioni bo’lgandi. Bugun Rafalovich to’rtinchi o’rinni egalladi. Ertaga yana bir taekvondochimiz Svetlana Osipova dayanga chiqadi. Unga omad tilaymiz! 80

Final chiptasi boy berildi. Bronza uchun kurashamiz

Final chiptasi boy berildi. Bronza uchun kurashamiz

Hozirgina taekvondo bahslarining -80 kg vazn toifasida yarim final bellashuvi o’z yakuniga etdi. Olimpiada finali uchun kechgan bahsda hamyurtimiz Nikita Rafalovich iordaniyalik Solih Elsharabatiga qarshi dayanga chiqdi. Asosiy bo’limlar 11:11 hisobida yakunlanganidan so’ng, oltin ochkoda afsuski, Rafalovich raqibiga imkoniyatni boy berib qo’ydi. Endi Rafalovich kechki dasturda bronza medali uchun dayanga chiqadi. 86

 

Taekvondo – koreys jang san’ati. Xarakterli xususiyati – jangda oyoqning faol ishlatilishi; ham zarba berish ham ximoya uslublari.

Taekvondo – yangiliklar, jonli translyatsiyalar, musobaqalar natijalari o’zbek tilida va faqat UzbekSport.uz portalida.