Kurashchilarimizni emlash davom etmoqda

Kurashchilarimizni emlash davom etmoqda

Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etadigan delegaciyamiz vakillarini koronavirusga qarshi emlash jarayoni davom etyapti. Kelishilgan reja bo’yicha har kuni turli federaciya va associaciyalar vakillari MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markaziga kelishmoqda. Ulardan qon tahlillari olinib, organizmning emlashga qanchalik tayyorligi ko’rib chiqilmoqda. Malumotlarga ko’ra, hozirgacha 58 nafar delegaciya vakillari 2-bosqich emlash jarayonini o’tab bo’lishdi. 1-bosqich bo’yicha bu ko’rsatkich 224 nafar kishini tashkil etmoqda. 26

“Sportni sev, sport bilan yasha!”: Toshkent viloyatida “shaxmat oyligi” g’oliblari aniqlandi

Toshkent viloyatida “shaxmat oyligi” g'oliblari aniqlandi

Turizm va sport vazirligi hamda Milliy Olimpiya qo’mitasi tomonidan shu yil 10 yanvardan boshlab respublikamizning barcha hududlari bo’ylab start berilgan “Sportni sev, sport bilan yasha!” shiori ostidagi ommaviy sport festivali taqvimi asosida Toshkent viloyatida “shaxmat oyligi” musobaqalari o’z nihoyasiga etdi. Unda viloyatning 22ta tuman va shaharlaridagi 1044ta mahalladan jami 9000 nafar havaskor sportchilar ishtirok etishdi. Kuni kecha Chirchiq shahrida “shaxmat oyligi” doirasida o’tkazilgan musobaqalarning viloyat final bosqichi bo’lib o’tdi. G’olib va sovrindorlar: O’g’il bolalar o’rtasida 1-o’rin: Alimov Abdulloh (Olmaliq shahri), 2-o’rin: Xoliqov Ilhom (Parkent tumani), 3-o’rin: Azizov Behro’z (Bekobod tumani).…

Sportchilarimizni emlashning ikkinchi bosqichi boshlandi

Sportchilarimizni emlashning ikkinchi bosqichi boshlandi

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy amaliy markazida Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etishi kutilayotgan delegaciyamiz vakillarini emlash davom etmoqda. Hozirda jarayonning ikkinchi bosqichi boshlandi. Bundan 21 kun muqaddam para-suzuvchilarimiz koronavirusga qarshi emlashni boshlab berishgan edi. Ayni paytga kelib, belgilangan tartib bo’yicha ularga ikkinchi komponent vakcinasi yuborilmoqda. Malumotlarga ko’ra, hozirgacha 97 kishiga bir bosqichli vakcina yuborilgan. 5 vakilimiz esa emlashni butunlay yakunlab bo’ldi. 61

Afsonaviy murabbiy Dmitriy Mindiashvili vafot etdi

Afsonaviy murabbiy Dmitriy Mindiashvili vafot etdi

Afsonaviy Krasnoyarsklik kurash murabbiyi Dmitriy Mindiashvili 87 yoshida vafot etdi. «Dmitriy Georgievich Mindiashvili vafot etdi», dedi Krasnoyarsk o’lkasi Sport vazirligi. Murabbiy sifatida Mindiashvili 1972 yildan 2008 yilgacha bo’lgan barcha yozgi Olimpiya o’yinlarida qatnashgan (1984 yildan tashqari, SSSR Olimpiadani boykot qilgan paytdan tashqari). Uch karra Olimpiya chempioni Buvaysar Saitiev, ikki karra Olimpiya chempioni Ivan Yargin va Olimpiya chempioni Sagid Murtazaliyev uning rahbarligida mashg’ulot o’tkazishdi. 1973 yilda mutaxassis Sibir va Uzoq Sharqda birinchi bo’lib kurash bo’yicha Krasnoyarsk oliy sport mahorat maktabini yaratdi, u 2008 yilda kurash akademiyasi sifatida qayta tashkil qilindi va…

Yilning eng muhim voqeasiga start berildi

Besh tashabbus

Toshkentda ushbu bahorning eng yorqin va uzoq kutilgan tadbirlaridan biri – «5 tashabbus harakati»ning birinchi kuni yakunlandi. Tadbir poytaxt hokimligi tomonidan tashkil etildi. Tantanali ochilish ko’plab ishtirokchilar va mehmonlarni hayratda qoldirdi. Rasmiy ochilishda Toshkent shahar hokimi Jaxongir Ortiqxo’jaev harakatning yosh ishtirokchilariga, ushbu keng ko’lamli tadbirning asosiy qahramonlariga, qo’llab-quvvatlash va g’ayrat so’zlari bilan murojaat qildi. Birinchi kuni ochilish bir vaqtning o’zida bir necha yo’nalishda bo’lib o’tdi. Sport, eSports, Brain Ring, Women Networking Week va boshqa ko’p narsalarni qamrab olgan boy dastur ishga tushirildi. “Bunday keng ko’lamli tadbirlarni bir-ikki oy ichida o’tkazish…

Tez orada Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi

Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi.

Buxoro tarixiy markazida shaxmat maydonchasi barpo etiladi. O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o’rinbosari – Turizm va sport vaziri Aziz Abduxakimovning joriy aprel oyida Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi davomida Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan “Labi Hovuz” ansambli hududiga yaqin joyda, Nodir Devonbegi xonaqosi va Badriddin karvonsaroyi orasidagi bo’sh hududda yog’ochdan milliy uslubda ishlangan engil konstrukciyali katta shaxmat maydonchasini barpo etish tashabbusi ilgari surilgan edi. Bu loyihadan ko’zlangan asosiy maqsad, hududda sayr qiluvchilarning ham madaniy, ham intellektual hordiq chiqarishlari hamda yoshlarni shaxmat sportiga bo’lgan qiziqishini oshirishdan iborat. SHaxmat maydonchasining loyihasi tashabbuskor tadbirkor…

Sportchilarimizni emlash davom etmoqda

Hozirda terma jamoalarimiz belgilangan grafik asosida emlanmoqda.

MOQ qoshidagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazida Tokio-2020 Olimpiya va Paralimpiya o’yinlarida ishtirok etadigan delegaciyamiz azolarini emlash davom etmoqda. Hozirda terma jamoalarimiz belgilangan grafik asosida emlanmoqda. Markaz vakillarining malum qilishicha, para-suzishdan keyin taekvondo, para-taekvondo, velosport, dzyudo, para-dzyudo kabi jamoalarimiz azolari ham tor doiradagi mutaxassislar tekshiruvidan so’ng koronavirusga qarshi vaktsinaning 1-komponentini qabul qilishdi. Emlash jarayoni davom etmoqda. 88

“Kichik Olimpiya o’yinlari” voha yoshlarida katta qiziqish uyg’otdi

5 may kuni Qashqadaryo viloyati bo'ylab “Kichik Olimpiya o'yinlari” musobaqasiga start berilgan edi.

5 may kuni Qashqadaryo viloyati bo’ylab “Kichik Olimpiya o’yinlari” musobaqasiga start berilgan edi. Mazkur musobaqa viloyat yoshlarining yodida uzoq vaqt qoladigan xotiralar ulashdi. Bir necha kun davom etgan mazkur kichik Olimpiya musobaqalarida viloyatning barcha tuman (shahar)laridagi mahallalardan «Yoshlar daftari»ga kiritilgan hamda xorijiy davlatlarda istiqomat qilgan mehnat muhojirlari va uyushmagan yoshlardan iborat jamoalar bahs olib bordilar. Malumotlarga ko’ra, musobaqa ishtirokchilarining 4 065 nafari (shundan 433 nafari xotin-qizlar) sportning 17 turi bo’yicha yakkalik va jamoaviy bahslarda o’zaro musobaqalashdi. Musobaqalarda g’olib va sovrindor bo’lgan yoshlar Turizm va sport vazirligi, O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi…

“Temurbeklar maktabi” o’quvchilari uchun mahorat saboqlari o’tkazildi

“Temurbeklar maktabi” o'quvchilari uchun mahorat saboqlari o'tkazildi

Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi tom manoda yurtimizning ertangi mard va jasur o’g’lonlarini tarbiyalaydigan maskanga aylandi. O’zbekiston Milliy Olimpiya qo’mitasi bu dargohda tarbiyalanayotgan yoshlarning jismonan sog’lom bo’lib etishishlarida o’z hissasini qo’shmoqda. Toshkent shahrida joylashgan “Temurbeklar maktabi” o’quvchilari o’rtasida sportni ommalashtirish, ularni har tomonlama barkamol, kelajakda harbiy xizmatga jismonan va ruhan matonatli jasur xodim sifatida tarbiyalash, shuningdek, maskanga etakchi murabbiy va sport mutaxassislarni jalb etgan holda sport sekciyalarini tashkil etish, natijada xalqaro miqyosida o’tkaziladigan harbiy sport musobaqalarida ishtirok etishi uchun istiqboli yosh harbiy sportchilar zaxirasini yaratish maqsadida…

/* если пусто описание ничего не выводим */