Gattuzo: «Agar Italiya jamoasi «Granada»dek vaqt cho‘zsa, gazetalarning birinchi sahifasida bo‘lardi»

«Napoli» bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo Yevropa Ligasi 1/16 finalidan o‘rin olgan «Granada»ga (2:1, birinchi o‘yin — 0:2) qarshi o‘yindan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. 

«Birinchi to‘pdan so‘ng bema’ni gol o‘tkazib yubordik. Bizda mag‘rurlik va afsuslanish bo‘lishi kerak. Chunki ikkala o‘yinda ham raqibdan yaxshiroq harakat qildik. 

Agar Italiya jamoasi «Granada»dek vaqt cho‘zsa, gazetalarning birinchi sahifalarida bo‘lardi. Birinchi bo‘limda taxminan 16-17 daqiqa futbol o‘ynadik, ikkinchisida undan ham kamroq. Hurmat bo‘lishi kerak, deb hisoblayman. Hakam har bir qoidabuzarlikdan so‘ng 3 daqiqani yo‘qotishi mumkin emas», — deya Gattuzoning so‘zlarini keltiradi Football Italia.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments