«Agar gol o’tkazib yubormasak, istalgan daqiqada gol urishimiz mumkin» – Bruno Fernandesh «Manchester Siti»ga qarshi o’yin haqida

"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Bruno Fernandesh "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan APL 11-tur uchrashuvi haqida gapirdi.

«Manchester Yunayted» yarim himoyachisi Bruno Fernandesh «Manchester Siti»ga qarshi bo’lib o’tadigan APL 11-tur uchrashuvi haqida gapirdi.

O’tmishda sodir bo’lgan voqealar endi biz uchun hech narsani anglatmaydi. «Liverpul», «Tottenxem» yoki «Atalanta»ga qarshi o’yinlardagi natijalar hozir muhim emas, chunki «Siti» o’ziga xos tarzda harakat qiladigan butunlay boshqa jamoa.

Bu alohida o’yin bo’lib, unda hamma narsa bir zumda o’zgarishi mumkin. Xohlagancha tayyorlanishingiz mumkin, lekin o’sha futbolchilar maydonda paydo bo’ladi, ularning har biri barcha rejalaringizni barbod qilishi mumkin. Jamoamiz uchun ham, «Manchester Siti» uchun ham hammasini qaysidir futbolchining muvaffaqiyatli harakati hal qilishi mumkin.

Biz uchun rejaga sodiq qolish muhim – yaxshi himoyalanish. O’tkazib yubormaslik – asosiy vazifa, chunki jamoada gol ura oladigan futbolchilar borligini bilamiz. Agar biz o’tkazib yubormasak, istalgan vaqtda gol urishimiz mumkin”,

– dedi Bruno, Sky Sports nashriga.

“Manchester Yunayted” – “Manchester Siti” uchrashuvi 6-noyabr, shanba kuni Moskva vaqti bilan soat 15:30da bo‘lib o‘tadi. «Manchester Siti» 20 ochko bilan APL turnir jadvalida uchinchi, «Manchester Yunayted» beshinchi (17) o’rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments