Agar klub uning maoshini oshirmasa, Dibala «Yuventus»ni tark etishga tayyor – OAV

Agar klub uning maoshini oshirmasa, Dibala "Yuventus"ni tark etishga tayyor - OAV

«Yuventus» hujumchisi Paulo Dibala yozgi transfer oynasida jamoani tark etish haqida o’ylamoqda, deb yozdi jurnalist Sezar Luis Merlo o’zining tvitterida.

28 yoshli futbolchi turinliklar yangi shartnomaga ko’ra maoshini oshirmoqchi emasligidan xafa. Agar vaziyat o’zgarmasa, hujumchi kelasi yozda, jamoa bilan amaldagi shartnomasi yakunlanganda klubni erkin agent sifatida tark etishga tayyor.

Argentinalik futbolchi 2015 yilning yozida “Palermo”dan “Yuventus”ga o‘tgan edi. U joriy mavsumda klub safida 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments