«Agar mening yordamim kerak bo’lmasa, o’z ishingni qil» – Ronaldu

"Agar mening yordamim kerak bo'lmasa, o'z ishingni qil" - Ronaldu

Krishtianu Ronaldu «Manchester Yunayted»dagi ba’zi yosh jamoadoshlari uning konstruktiv tanqidini shaxsan qabul qila olmasligini aniq aytdi.

Yetuk futbolchilar, yoshi kattaroq futbolchilar har doim yosh futbolchilarga yordam bera oladi. Ammo men sizga maslahat bersam, hatto mendan kichik bo’lsangiz ham, lekin bu sizning rejalaringizga kundalik hayotda kiritilmagan bo’lsa, uni yetkazish qiyin bo’ladi. Siz bu odam bilan kun bo’yi gaplashishingiz mumkin, ammo bu niyat sizning ichingizda bo’lmasa, unda bu mumkin emas.

Esimda, 18-20 yoshligimda men bilan yoshi kattaroq futbolchilar gaplashgandi. Men buni shunday qabul qildim: «Krishtianu, sen o’zingni yaxshilashing kerak, ular sendan ko’ra ko’proq bilishadi, ular sendan ko’ra tajribaliroq, ular ko’p qiyin damlarni boshdan kechirishgan». Lekin ba’zilar tanqid qilsang buni qabul qilmaydi. Ba’zida siz biroz qattiqroq bo’lsangiz, ular buning aksini qiladilar. Ular bilan gaplashish uchun to’g’ri muvozanatni topishingiz kerak.

Lekin, mening fikrimcha, asosiysi, bu sizning ichingizdan chiqishi kerak. Siz o’zingiz bilan faxrlanishingiz kerak, ko’zguga qarang va «tinglang, men hamma narsani beryapman» deb ayting va men buni hammamiz qilishimiz kerak deb o’ylayman, chunki yangi yilda biz sahifani o’zgartirmoqdamiz va bizda yutish kerak bo’lgan narsa bor. Biz bunga ishonishimiz kerak, aks holda bu dahshatli tush bo’ladi.

Biz yordam berish uchun shu yerdamiz, agar ular mening yordamim va maslahatimga muhtoj bo’lsa, men birinchi bo’lib yordam beraman. Ammo yordamimni xohlamasangiz, o’z ishingizni qiling, o’zingizga qarang va jamoaga qo’lingizdan kelganicha yordam bering»,

– dedi Ronaldu.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments