Agent: «Mbappe» Real «bilan kelishib oldi, endi PSJning roziligi kerak

Mbappe Realga o'tishi mumkin

Futbol agenti Bruno Satinning aytishicha, «PSJ» hujumchisi Kylian Mbappe «Real» ga o’tishga rozi bo’lgan.

U klubni o’zgartirishga tayyor. Mening ma’lumotimga ko’ra, Mbappe «Real» bilan allaqachon kelishuvga ega, endi PSJ transferga rozi bo’lishi kerak. Ular uni qo’yib yubormasliklari mumkin, bunday holatda Kilian kelasi yozda «Real» ga tekinga o’tishi mumkin»

– dedi Satin.

22 yoshli futbolchi 2018 yildan beri parijliklar safida to’p surmoqda, uning shartnomasi 2022 yilning yozigacha amal qiladi va Transfermarkt portali uni 160 million evroga baholamoqda.

Joriy mavsumda fransuz 46 o’yinda 41 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments