Aguero muxlislarga murojaat qildi. Forvard yuragi bilan bog‘liq muammolar tufayli shifoxonaga yotqizilgan

Aguero muxlislarga murojaat qildi

«Barselona» hujumchisi Serxio Aguero ijtimoiy tarmoqlar orqali muxlislarga o’zini qo’llab-quvvatlagani uchun minnatdorchilik bildirdi. Eslatib o’tamiz, Ispaniya chempionatining 11-turida «Alaves»ga qarshi o’yinda hujumchi maysazorga yiqilib, ko’kragidan ushlab olgandi. Keyinroq Aguero kasalxonaga yotqizilgan.

Men yaxshiman, shifo jarayonidan o’tish uchun juda ko’p kuchim bor. Yuragimni kuchliroq qiladigan ko’plab qo’llab-quvvatlash va sevgi xabarlari uchun barchaga rahmat aytmoqchiman,

– deb yozdi Aguero ijtimoiy tarmoqlarda.

Joriy mavsumda Aguero Ispaniya chempionatida to‘rtta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments