Aguero va Depay «Barselona» ga o’tishga yaqin

Aguero va Depay barselonaga o'tadi

«Manchester Siti» hujumchisi Serxio Aguero va «Lion» hujumchisi Memfis Depay faoliyatini «Barselona» da davom ettirishi mumkin.

Jurnalist Fabrizio Romano xabariga ko’ra, mavsum oxirida «Man Siti» ni tark etadigan 32 yoshli argentinalik futbolchi kataloniyaliklar bilan 2023 yil iyungacha shartnoma imzolaydi. Tomonlar o’rtasida kelishuvga erishildi. Agar ko’k-anorranglilar Chempionlar Ligasida g’olib chiqsa, shartnomaga bonus qo’shiladi.

«Barselona» ham Depay bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi. 27 yoshli frantsuz allaqachon o’z vakillariga yakuniy qaror to’g’risida xabar bergan. Shuningdek, uning «Lion» bilan shartnomasi 2021 yilning iyunida yakuniga etadi.

Joriy mavsumda Aguero 18ta o’yin o’tkazib, 4ta gol urdi va golli pas berdi. Depay hisobida 39 uchrashuvda 22 ta gol va 10 ta golli pas.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments