Allegri «Yuventus» boshqaruvida 200 ta o’yinda g’alaba qozongan uchinchi murabbiyga aylandi

Allegri "Yuventus" boshqaruvida 200 ta o'yinda g'alaba qozongan uchinchi murabbiyga aylandi

«Yuventus» Italiya chempionatining 12-turi doirasida «Fiorentina»ni qabul qildi (1:0).

Massimiliano Allegri Turin klubi boshqaruvidagi barcha musobaqalardagi 200-g’alabasini qo’lga kiritdi. U “keksa sinyora” tarixida bunday natijaga erishgan uchinchi murabbiyga aylandi.

Bu borada peshqadam Jovanni Trapattoni (319 g’alaba), uchinchi o’rinda Marselo Lippi (227).

Allegri 2014 yildan 2019 yilgacha “Yuventus”da ishlagan, besh marta Italiya chempioni, to‘rt marta kubok va ikki marta mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan. 2021 yilning yozida mutaxassis bu lavozimga qaytdi.

«Yuventus» ayni damda 18 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida 8-o’rinni egallab turibdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments