Anchelotti Marselo va Azardan «Shaxtyor»ga qarshi o’yinga qo’ymagani uchun uzr so’radi.

Anchelotti Marselo va Azardan "Shaxtyor"ga qarshi o'yinga qo'ymagani uchun uzr so'radi.

«Real» bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Shaxtyor» ustidan qozonilgan g’alaba haqida fikr bildirdi. Ispaniya klubi raqibini 2:1 hisobida mag’lub etdi.

Mutaxassis o’yinning ikkinchi yarmini yon chiziqda isinish bilan o’tkazgan, lekin hech qachon maydonga tushmagan Marselo, Eden Azar va Marko Asensiodan kiyim almashtirish xonasida uzr so’raganini aytdi.

Jahlingiz chiqishi mumkin. 40 daqiqa isinishdan keyin maydonga tushmagan futbolchi nima deb o’ylashini juda yaxshi tushunaman. Futbolchilarga juda afsusda ekanligimni, lekin hech narsani o’zgartirishni xohlamasligimni aytdim. Marselo ko’plab Chempionlar ligasida g’alaba qozongan, ammo bu mening ishimning bir qismi va bu yoqimsiz jihat. Menimcha, Azar o’ynashga tayyor, bu shanba kuni sodir bo’lishi mumkin. Men uni ushbu o’yinga qo’ymoqchi edim, lekin maydonda erkin zonalar ko’proq bo’lishi uchun vingerdan foydalanishni afzal ko’rdim,

dedi Anchelotti.

Karlo Anchelotti shogirdlari 9 ochko bilan D guruhi jadvalida birinchi o’ringa ko’tarilib oldi. “Shaxtyor” hamon o‘z hisobida bir ochko bilan oxirgi o‘rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments