Angliya terma jamoasi Evro-2020 uchun kengaytirilgan tarkibini e’lon qildi

Angliya tarkibini elon qildi

Angliya terma jamoasi murabbiylar shtabi bo’lajak Evropa chempionatiga tayyorlanadigan 33 nafar futbolchining tarkibini e’lon qildi.

Kengaytirilgan Angliya Evro tarkibi:

Darvozabonlar: Din Xenderson («Manchester Yunayted»), Sem Jonstoun («Vest Bromvich»), Jordan Pikford («Everton»), Aron Ramsdeyl («Sheffild Yunayted»);

Himoyachilar: Trent Aleksandr-Arnold («Liverpul»), Ben Chiluell, Riz Jeyms (ikkalasi «Chelsi»), Konor Kodi («Vulverxempton»), Ben Godfri («Everton»), Garri Maguayr, Lyuk Shou (ikkalasi – «Manchester Yunayted»), Tyrone Mings («Aston Villa») , Jon Stounz, Kayl Uoker (ikkalasi ham «Manchester Siti»), Kiran Trippier («Atletiko», Ispaniya), Ben Uayt (Brayton);

Yarim himoyachilar: Jyud Bellingham («Borussiya Dortmund», Germaniya), Jordan Xenderson («Liverpul»), Xese Lingard, Deklan Rays (ikkalasi ham «Vest Xem»), Meyson Maun («Chelsi»), Kalvin Fillips («Lids»), Jeyms Uard-Praus («Sautgempton»);

Hujumchilar: Dominik Kalvert-Lyuin («Everton»), Raxim Sterling, Fil Foden (ikkalasi «Manchester Siti»), Olli Uotkins, Jek Grealish (ikkalasi «Aston Villa»), Markus Rashford, Meyson Grinvud (ikkalasi «Manchester Yunayted»), Garri Keyn («Tottenxem»), Bakari Sako («Arsenal»), Jadon Sancho («Borussiya Dortmund», Germaniya).

Evropa chempionatida Angliya Xorvatiya, Chexiya va Shotlandiya bilan bir guruhdan joy oldi. Turnir 11 iyundan 11 iyulgacha davom etadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments