Angliyada Superliga liboslari 2 funt sterlinga sotilyapti

2 funtlik futbolkalar

Wholesale Clearance UK kompaniyasi. Superliga formalarini sotuvga qo’ydi.

Manbaga ko’ra, Angliya klublari Superliga uchun forma ishlab chiqishgan. Sport do’konlaridan birida 70 mingga yaqin futbolkalar 30 funt sterlingga sotilishi rejalashtirilgan edi. Turnir boshlanishining to’xtatilishi sababli Buyuk Britaniyaning Wholesale Clearance kompaniyasi barcha formalarni sotib olib, o’z veb-saytida 2 funt sterling narxida sotuvga qo’ydi.

«Agar siz ushbu futbolkalardan birining faxrli egasi bo’lishni istasangiz va uning egasi qanchalik daxshatliligini o’zingizga eslatmoqchi b’olsangiz, endi bu sizning imkoniyatingiz. Ular eng yaxshi oltilikni qo’llab-quvvatlaydigan do’stlaringiz uchun yaxshi sovg’a bo’ladi. Yoki agar siz ularni sotib olganingizda yoqib ketganda va yirtib tashlamohchi bo’lsangiz. Bunda bizning taklifimiz ham yordam berishi mumkin.

– deyiladi kompaniya saytida

19 aprel kuni 12 ta klub ishtirokida Superliganing boshlanishi ma’lum bo’ldi.Bular: Angliyaning «Arsenal», «Chelsi», «Tottenxem», «Liverpul», «Manchester Siti», «Manchester Yunayted», Ispaniyaning: «Atletiko», «Barselona», «Real», shuningdek Italiyaning: «Inter»,»Milan» va «Yuventus» jamolari. 21 aprel kuni aksariyat klublar turnirdan chiqib ketishlarini e’lon qilishdi.

Keyinchalik ma’lum bo’lishicha, 300 million evro miqdorida jarimaga tortilishi tufayli hech bir klub Superligadan rasman chiqmagan.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments