APL yetakchilaridan biri “Vest Xem” yetakchi himoyachisidan ayrildi. Futbolchi mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuborish xavfi ostida

APL yetakchilaridan biri “Vest Xem” yetakchi himoyachisidan ayrildi

«Vest Xem» himoyachisi Anjelo Ogbonna katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o’tkazib yuboradi. Jamoa bosh murabbiyi Devid Moyes futbolchi operatsiya qilinishini tasdiqladi.

Ikki hafta oldin “Liverpul”ga qarshi o‘yinda markaziy himoyachi jarohat olgan edi.

Operatsiya yaqin kunlarda bo’lib o’tadi. Bu juda achinarli, chunki u ajoyib futbolchi. O’ylashimcha, bu mavsumda Anjeloga qaytish qiyin bo’ladi,

– dedi Moyes.

Ogbonna joriy mavsumda Premer-ligada 11 o’yin o’tkazib, bitta gol urgan. «Vest Xem» Angliya chempionatining joriy jadvalida uchinchi o’rinda bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments