Argentina JCH-2022ga muddatidan avval yo‘llanma oldi

Argentina JCH-2022ga muddatidan avval yo‘llanma oldi

Argentina terma jamoasi 2022 yilgi jahon chempionatiga yo‘llanma oldi. Bu Chili terma jamoasi saralash bahsida Ekvadorga 0:2 hisobida mag’lub bo’lganidan keyin ma’lum bo’ldi.

Bugun avvalroq Argentina Braziliya bilan durang o’ynadi. Uchrashuv 0:0 hisobida yakunlandi.

Bu ikki uchrashuv natijasida argentinaliklar JChga to’g’ridan-to’g’ri yo’llanma beruvchi 4-o’rindan pastga tushmasligi aniq.

Oldinroq bo‘lajak jahon chempionatiga muddatidan avval yo‘llanmani qo‘lga kiritgan Braziliya terma jamoasiga Argentina qo‘shildi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments