«Arsenal» Chalxano’gluni nishonga olmoqda, ammo «Milan» futbolchini saqlab qolmoqchi

Arsenal Chalhanogluni olmoqchi

«Milan» yarim himoyachisi Xoqon Chalxano’glu Angliyaga ko’chib o’tishga yaqin edi, ammo katta ehtimol bilan hozirgi jamosida qolishi mumkin.

The Mirror xabariga ko’ra, «Aston Villa» bilan shartnoma borasida kelishib olgan Emiliano Buendiyani qo’ldan chiqarib, «Arsenal» 27 yoshli yarim himoyachi bilan variantni ko’rib chiqdi. Ammo, keyin insayder Nikolo Skira Chalxanog’lu Milan shartlarini qabul qilmoqchi va yangi shartnomaga binoan bonuslardan tashqari yiliga 4 million evro ishlab topishini aytdi.

Oldinroq futbolchi Qatar klubidan uch yil ichida 32 million evro evaziga katta taklif olgani haqida xabar berilgan edi. Futbolchiga «Manchester Yunayted» va «Liverpul» ham qiziqish bildirishgan.

O’tgan mavsumda Chalhanog’lu barcha turnirlarda 42 uchrashuv o’tkazdi, 9 gol urdi va 12 golga uzatma berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments