«Arsenal» ning sobiq hujumchisidan sport avtomobili musodara qilindi

"Arsenal" ning sobiq hujumchisidan sport avtomobili musodara qilindi

Daniya Xalqaro Adliya sudi Niklas Bendtnerning sportkarini hibsga oldi. «Arsenal» va Daniya terma jamoalarining sobiq hujumchisi haydovchilik qoidalarini buzganlikda aybdor deb topildi, deb xabar beradi Daniya Sport TV 2.

Endi 33 yoshli hujumchi o’zining Porsche Taycan Turbo S avtomobilini topshirishi kerak. Sobiq futbolchi 4600 funt sterling jarima to’lashga majbur bo’lgan. Agar bu summa to’lanmasa, Bendtner 20 sutkaga hibsga olinishi mumkin.

Hujumchi faoliyati davomida «Birmingem», «Sanderlend», «Yuventus», «Volfsburg», «Nottingem Forrest» va «Rusenborg» jamoalarida o’ynagan.

Daniya terma jamoasi uchun Bendtner 81 ta o’yin o’tkazdi va 30 ta gol urdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments