AS: «Real Madrid» Mbappe uchun kurashda mag’lubiyatini tan oldi

Mbappe Realga o'tmaydi

Madridning «Real» klubi ushbu yozda Frantsiya PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga urinishlarini to’xtatdi.

Manbaning xabariga ko’ra, bu Parij jamoasi rahbariyatining murosasiz pozitsiyasi bilan bog’liq – masalan, 6 iyun kuni PSJ prezidenti Nosir Al-Xelayfi Mbappe hech qachon sotilmasligini e’lon qilgan.

Shundan so’ng, Florentino Peres boshchiligidagi «Real» rahbariyati o’z navbatida Mbappening transferi imkonsiz bo’lishini tan olishdi. Endi ular futbolchining o’ziga ishonishadi, ammo PSJ ham 2022 yil yozida tugaydigan shartnomani uzaytirishni talab qiladi.

Xabar qilinishicha, Mbappedan tashqari, «Real» norvegiyalik «Borussiya Dortmund» forvardi Erling Xoland bilan ham shartnoma imzolay olmaydi.

Yakunlangan mavsumda Mbappe 47 uchrashuvda 42 ta gol urdi va 11 ta golli pas berdi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments