«Atletik» «Atletiko»ni mag’lub etib, «Real Madrid»ga qarshi Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi

"Atletik" "Atletiko"ni mag'lub etib, "Real Madrid"ga qarshi Ispaniya Superkubogi finaliga chiqdi

Madridning “Atletiko” klubi Ispaniya Superkubogi yarim finalida “Atletik Bilbao”ga imkoniyatni boy berdi.

Uchrashuv 1:2 hisobida yakunlandi.

“Atletik” darvozaboni Unai Simon 62-daqiqada avtogol muallifiga aylandi. Oradan chorak soat o‘tib, bilbaoliklar klubi himoyachisi Yeray Alvares hisobni tenglashtirdi.

Niko Uilyams tez orada klubini oldinga olib chiqdi. Bu gol g’olib bo’ldi.

O‘yinning so‘nggi soniyalarida “Atletiko Madrid”ning urugvaylik himoyachisi Xose Mariya Ximenes maydondan chetlatildi.

Avvalroq, birinchi yarim final uchrashuvida Madridning “Real” klubi qo‘shimcha bo‘limlardan so‘ng “Barselona”ni 3:2 hisobida mag‘lub etgandi.

Final o‘yini “Real” – “Atletik” 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Turnir Saudiya Arabistonida bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments