«Ayaks» Chempionlar ligasi doirasida «Borussiya Dortmund»ni mag’lub etdi

"Ayaks" Chempionlar ligasi doirasida "Borussiya Dortmund"ni mag'lub etdi

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Ayaks”ni qabul qildi. Uchrashuv mehmonlarning 3:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.

Nemis klubi uchrashuvning 29-daqiqasidayoq Mats Xummels chetlatilganidan keyin ozchilikda qolib ketdi. Tanaffusgacha mezbonlar oldinga chiqib olishga muvaffaq bo’lishdi – Marko Roys gol urdi.

Ikkinchi bo‘limda amsterdamliklar Dushan Tadich, Sebastyan Aller va Davi Klassenlarning sa’y-harakatlari evaziga uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishdi.

Guruhning yana bir uchrashuvida “Sporting” “Beshiktosh”ni 4:0 hisobida mag‘lub etdi.

“Ayaks” esa 12 ochko jamg‘argan. “S” guruhida ikkinchi o‘rinda “Borussiya” (6 ochko), uchinchi o‘rinda “Sporting” (6) va “Beshiktosh” (0) bormoqda.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments