«Ayaks» mehmonda «Beshiktosh»ni mag‘lub etdi va Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘llanmani kafolatladi.

«Ayaks» mehmonda «Beshiktosh»ni mag‘lub etdi va Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘llanmani kafolatladi.

Chempionlar ligasi guruh bosqichining 5-turi doirasida “Ayaks” “Beshiktosh”ni mag‘lub etdi. Uchrashuv Istanbulda bo’lib o’tdi va mehmonlarning 2:1 hisobidagi g’alabasi bilan yakunlandi.

G’oliblar uchun dubl Sebastyen Aller tomonidan yaratilgan. “Beshiktosh”da penaltidan golga Rashid Gezzal mualliflik qildi.

Gollandiya klubi uchun bu g’alaba qatorasiga beshinchi g’alaba bo’ldi. “Ayaks” 15 ochko bilan “S” guruhida peshqadamlik qilmoqda va muddatidan avval turnirning 1/8 finaliga yo‘llanmani kafolatladi. “Beshiktosh” (0 ochko) so‘nggi o‘rinda.

So‘nggi turda “Ayaks” Lissabonning “Sporting” klubini qabul qilsa, “Beshiktosh” Dortmundning “Borussiya” jamoasiga qarshi bahs olib boradi. Har ikki uchrashuv 7 dekabr kuni bo’lib o’tadi.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments