Azar Anchelottining «Real»ga kelishiga munosabat bildirdi

Azar Anchelottining "Real"ga kelishiga munosabat bildirdi

«Real» yarim himoyachisi Eden Azar Karlo Anchelottining bosh murabbiy etib tayinlanishiga o’z munosabatini bildirdi.
«Real»da Anchelotti ushbu klub uchun nimalar qilganini bilishadi.

U CHempionlar ligasini yutgan, ushbu tarkibda ko’p futbolchilarni biladi. Biz esa bu murabbiy katta tajribaga ega ekanligidan xabardormiz. U shahar va muxlislarni biladi. O’ylaymanki, biz birgalikda ko’p narsalarga erisha olamiz.

Uni shaxsan bilmayman. Ammo eshitishim bo’yicha u yoqimli inson va doim g’alaba qozonishni istaydi. Buni barchamiz istaymiz. Endi birga ishlash imkoniyati bo’ladi. Bu men uchun yaxshi xabar»,-

dedi Azar.

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments