Azar – Rossiya bilan o’yindan oldin: «Men hali 100%ga tayyor emasman.

Azar Rassiya ga qarshi o'yin haqida gapirib berdi

Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Eden Azar Evro-2020 guruh bosqichida Rossiyaga qarshi o’yin oldidan jismoniy holati haqida gapirdi.

Men faqat bir hafta davomida to’liq mashq qilmoqdaman. Shifokorlar jamoasi bilan birgalikda Rossiyaga qarshi birinchi o’yinga qanday ahvolda borishini ko’ramiz.

Avvalo hamma narsa murabbiyning qaroriga bog’liq bo’ladi. Ammo men hali 100 foiz tayyor emasman, shuning uchun biz buni ko’rib chiqamiz.

Belgiya terma jamoasiga har doim bosim mavjud. O’tmishda erishganimizdan so’ng, odamlar bizni yanada kuchliroq bo’lishimizni kutmoqdalar. Uch yil oldin Jahon chempionatida alohida natijaga erishganimizni bilamiz. Biz diqqatimizni yanada yaxshiroq o’ynashga qaratamiz, bizning katta salohiyatimiz bor»

– dedi Azar RTBF telekanali efirida.

Eslatib o’tamiz, o’yin 12-iyun kuni Sankt-Peterburgda bo’lib o’tadi. Evropa chempionati 11-iyundan 11-iyulgacha turli mamlakatlarda bo’lib o’tadi

O’xshash yangiliklar

0 0 votes
Рейтинг статьи
Subscribe
Notify of
0 комментариев
Inline Feedbacks
View all comments